“Barselona”da Messi yo‘q, lekin tarkib hamon kuchli» — Yulian Negelsman
“Bavariya” klubi bosh murabbiyi Yulian Negelsman Chempionlar ligasining guruh bosqichi doirasidagi “Barselona”ga qarshi o‘yin oldidan intervyu berdi. Murabbiy Lionel Messining jamoadan ketishi haqida ham o‘z fikrini bildirib o‘tdi.

“Leo noyob futbolchi. To‘g‘ri u endi “Barsa”da emas, lekin ularda hali natija chiqara oladigan kuchli tarkib mavjud. Biz yutuq uchun hamma narsaga tayyormiz. Nazarimda, katalonlar ancha kuchsizlanib qolgan. Ammo bu xotirjam bo‘lishimizga asos bo‘la olmaydi. Biz 3 ochkoni ko‘zlayapmiz”, — deydi myunxenliklar bosh murabbiyi.
Maʼlumot uchun: bugun Chempionlar ligasi guruh bosqichining 1 tur o‘yinlariga start beriladi. Unda “E” guruhidan o‘rin olgan "Barselona" va “Bavariya” jamoalari maydonga tushadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00 da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval “Bavariya”ning Timo Verner transferi haqida xabar bergan edik.
Maqsadjon Obidjonov







