Fabio Kapello: "Chelsi”ga gol urish oson bo‘lmaydi
Rossiya terma jamoasining sobiq murabbiyi Fabio Kapello Chempionlar ligasi guruh bosqichining birinchi turidan o‘rin olgan “Chelsi” va “Zenit” jamoalari o‘rtasidagi bahs haqida o‘z fikrini bildirdi.


Italiyalik mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, Sankt-Peterburg jamoasini "Stemford Bridj"da o‘ta qiyin safar kutib turibdi.
“Londonning “Chelsi” klubi Yevropaning eng kuchli jamoasi sanaladi. “Zenit” esa autsayder. “Chelsi”ning “APL” doirasidagi so‘nggi o‘yinini eʼtibor bilan kuzatdim. Tarkib ham, o‘yin ham kuchli. Bu uchrashuvda, menimcha, “Zenit”ga hech qanday imkoniyat qolmaydi. “Chelsi”ga gol urish oson bo‘lmaydi”, — deydi sobiq bosh murabbiy.
Maʼlumot uchun, Chempionlar ligasi 1-tur bahsidan o‘rin olgan “Chelsi” va “Zenit” o‘rtasidagi uchrashuv Toshkent vaqti bilan 00:00da boshlanadi.
Eslatib o‘tamiz, bundan avval “PSJ”ning “Bryugge”ga qarshi qaydnomasi taqdim etilgan edi.
Maqsadjon Obidjonov







