Sport

Paralimpiya o‘yinlari chempioniga Andijondan 2 xonali uy berildi

Andijon shahridagi Zahiriddin Muhammad Bobur nomli maydonda “Tokio-2020” yozgi Paralimpiya o‘yinlari ishtirokchilari va g‘olibini taqdirlashga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.

Paralimpiya o‘yinlari chempioniga Andijondan 2 xonali uy berildi

 

 

Tadbirda Andijon viloyati hokimi Shuhratbek Abdurahmonov ishtirok etdi.

 

Viloyat hokimi Prezidentimiz farmoniga asosan «O‘zbekiston iftixori» faxriy unvoni bilan taqdirlangan, paralimpiya chempioni va rekordchisi Boburjon Omonovga Andijon shahridagi 16 qavatli yangi uydan 2 xonali kvartira sovg‘a qildi.

 

 Eslatib o‘tamiz, para yengil atletika musobaqasining F41 klassida yadro uloqtirish bahslarida qatnashgan Boburjon Omonov 14,06 metr natija qayd etib, chempionlikni qo‘lga kiritdi. Shu bilan birga,  yadro uloqtirish bo‘yicha paralimpiya rekordini yangiladi.

 

Maʼlumot o‘rnida: Andijon viloyatidan “Tokio-2020” paralimpiya o‘yinlariga 6 nafar sportchi yo‘llanma olgan edi.

 

Avvalroq MDH o‘yinlarida sportchilarimiz 91 ta medal bilan umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

 

 

Jamshidbek Amirov

custom img

Behruz Karimov faoliyatini Shveysariyaning “Lugano” klubida davom ettiradi

18 yoshli futbolchi viza rasmiylashtirilgach, yangi jamoasi safiga qo‘shiladi.

custom img

UEFA Janni Infantinoni FIFA prezidenti lavozimidan chetlatmoqchi

UEFA FIFA prezidenti Janni Infantinoning Jahon chempionati tijorat huquqlarini xususiy investorlarga topshirish rejasi bekor qilinganidan so‘ng tashkilot rahbariyatiga nisbatan ishonchsizlik bildirdi.

custom img

“Bunyodkor” moliyaviy muammolar sabab Superliga doirasidagi safar o‘yiniga bormaydi

Jamoada xarajatlarni qoplash uchun mablag‘ mavjud emas.

custom img

UEFA FIFA tijoriy rejasidan voz kechmasa, JCHni boykot qiladi

UEFA va unga a’zo 55 ta milliy futbol assotsiatsiyasi FIFA Jahon chempionati bo‘yicha yangi tijoriy rejasini bekor qilmasa, tashkilot musobaqalarida ishtirok etmasligini ma’lum qildi.

custom img

FIFA sobiq Prezidenti Jahon chempionatiga investor jalb etish rejasini tanqid qildi

U mundial tijorat aktivi emas, balki jahon futbolining madaniy merosi ekanini ta’kidladi.

custom img

O‘zbekiston terma jamoasi FIFA kunlarida Janubiy Koreyaga qarshi maydonga tushadi

Uchrashuv Janubiy Koreyada bo‘lib o‘tadi.

custom img

Eldor Shomurodovning goli JCh-2026'ning eng chiroyli 2-goli deb topildi

Shomurodov guruh bosqichining uchinchi turida Kongo DR darvozasiga gol kiritgandi.

custom img

Abduqodir Husanov “Manchester Siti” bilan shartnomasini 2031-yilgacha uzaytiradi

Husanov o‘tgan mavsum klub safida 37 ta uchrashuv o‘tkazib, jamoaning asosiy himoyachilaridan biriga aylandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"