«Xatoyimni muxlislar noto‘g‘ri tushunishlarini istamayman» — Lingard
«Manchester Yunayted» hujumchisi Jessi Lingard Chempionlar ligasining «Yang Boyz»ga qarshi o‘yinida yo‘l qo‘ygan xatosi haqida o‘z munosabatini bildirdi: «O‘sha kecha juda og‘riqli o‘tdi.


Birinchi o‘yinda yo‘l qo‘ygan ushbu xatoyimni muxlislar noto‘g‘ri tushunishlarini xohlamayman. Men uchun “Manchester Yunayted” safidagi har bir uchrashuv muhim ahamiyatga ega. Maydonga har doim jamoaga yordam berish va muxlislarni xushnud etish uchun tushaman. Futbol ham xatolardan xoli emas. Undan to‘g‘ri xulosa chiqargan holda yana-da yaxshiroq o‘ynashda davom etamiz».
Eslatib o‘tamiz, Yevropa chempionlar ligasi birinchi turida «Manchester Yunayted» «Yang Boyz»ga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. O‘yin oxirida Lingardning xatosi tufayli Shveysariya klubi g‘alaba to‘pini kiritdi.
Maqsad Obidjonov







