Eng dolzarb

Panjsher qarshilik kuchlari AQSHga taʼsir o‘tkazmoqchi

Ahmad Masʼud AQSHdan yordam olish maqsadida yuqori mavqeli lobbist yolladi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Panjsher qarshilik kuchlari AQSHga taʼsir o‘tkazmoqchi

 

 

Milliy qarshilik fronti yetakchisi Ahmad Masʼud Vashingtonda katta mavqega ega Robert Strik bilan shartnoma imzolagan. Siyosatchi shu yo‘l bilan AQSH qo‘llab-quvatlashiga erishmoqchi.

 

Shartnoma 15 sentyabr tunda AQSH adliya vazirligiga kelib tushgan. Unda ko‘rsatilgan xizmatlar beg‘araz amalga oshirilishi lozim. The New York Times‘ning taʼkidlashicha, bu toliblarga qarshi muxolifat kuchlarning umumiy manfaatlarini ifodalaydigan qadam bo‘ldi. Shuningdek, nashr maʼlumotlariga ko‘ra, avvalroq  amerikalik lobbistlar xizmatiga “Tolibon” ham murojaat qilgan.

 

Ahmad Masʼudning AQSHdagi vakili Ali Maysam Nazariy bu qadam “Tolibon”ning qonuniy harakat sifatida tan olinishiga qarshi turishga qaratilganini bildirgan. “Afg‘onistonda hech qaysi harakat Ahmad Masʼud zoti oliylari qo‘llab-quvvatlovi yoki roziligisiz qonuniy maqomga ega bo‘lishi mumkin emas. Chunki hozirda aynan Masʼud qonuniylik manbai hisoblanadi”, - degan Nazariy.

 

Lobbizm — siyosiy-huquqiy jarayonlarda norasmiy shaxslarning rasmiy qarorlarga taʼsir ko‘rsatish usuli. AQSHda  lobbizm taraqqiy topgan bo‘lib, uning xizmatidan nafaqat alohida shaxslar, balki davlatlar ham foydalanadi. Lobbizmdan ko‘zlangan asosiy maqsad- shaxsiy manfaatlar uchun zarur qarorlar qabul qildirish hisoblanadi.

 

Maʼlumot o‘rnida: 15 avgust kuni “Tolibon” harakati Kobulni egallagan. 31 avgustda AQSH Afg‘onistonni to‘liq tark etdi. Harakat tomonidan egallanmagan yagona viloyat Panjsher viloyati edi. Ammo 6 sentyabrda ushbu hudud ham “Tolibon” nazoratiga o‘tdi.  Shundan keyin toliblar 7 sentyabr kuni mamlakatning yangi hukumati tuzilganini eʼlon qildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Tolibon” Panjsherga gumanitar yordam yuborgani maʼlum qilingan edi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Panjsher qarshilik kuchlari AQSHga taʼsir o‘tkazmoqchi | Zamon.uz