Sport

Bo‘stonliqda "Sky Camp" sport festivaliga start berildi

Bugun Toshkent viloyati Bo‘stonliq tumanida "Sky Camp" sport va musiqa festivalining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Bosh vazir o‘rinbosari, Turizm va sport vaziri Aziz Abduhakimov ochib berdi. Shundan so‘ng tog‘ velopoygasiga start berildi.

Bo‘stonliqda "Sky Camp" sport festivaliga start berildi

 

 

"Sky Camp" Bo‘stonliq sport festivali 18-19 sentyabr kunlari Bo‘stonliq tumanidagi Amirsoy tog‘ kurorti va "Chorvoq oromgohi" dam olish maskanlarida  bo‘lib o‘tadi.

 

 

Sport dasturidan "Sky Camp Run" — tog‘ cho‘qqisiga qarab 4 km (vertikal kilometr) masofaga yugurish, "Sky Bike" — uzunligi 11 km bo‘lgan tog‘ velopoygasi, "Sky Camp Kwim" — Chorvoq suv ombori hududida 1 km va 500 m masofaga suzish, "Sky Camp Zen" — uch xil faollikni birlashtirgan tadbir: yoga, 2 km masofaga yugurish va meditatsiya kabi musobaqalar o‘rin olgan. Mazkur tadbirda sport dasturidan tashqari, ishtirokchi va mehmonlar anʼanaviy hamda zamonaviy musiqiy chiqishlardan bahramand bo‘ladi.

 

 

Eslatib o‘tamiz, joriy yilda Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamg‘armasi tomonidan uchta poygadan iborat tadbirlar seriyasini tashkil etish rejalashtirilgan.

 

Avvalroq boks bo‘yicha jahon chempionatining sovrin jamg‘armasi eʼlon qilingani haqida xabar bergan edik.

 

 

Jamshidbek Amirov

Bo‘stonliqda "Sky Camp" sport festivaliga start berildi | Zamon.uz