Eng dolzarb

Fransiyaning AQSH bilan munosabatlari tobora sovuqlashmoqda

Fransiya o‘z tarixida ilk bor Vashington va Kanberradagi elchilarini chaqirib oldi. Bu haqda SNN xabar berdi.

Fransiyaning AQSH bilan munosabatlari tobora sovuqlashmoqda

 

 

Bundan tashqari, Parij AQSH bilan Chesapikdagi g‘alabasining 240 yilligini ham nishonlamaydi. Fransiya TIV rahbari Jan Iv Le Drian bularning barchasini Avstraliyaning suvosti kemalarini yetkazib berish bo‘yicha shartnomani bekor qilishi ortidan bo‘layotganini aytgan.

 

 Avstraliya AQSH bilan yangi harbiy kelishuvga ko‘ra, atom suvosti kemalarini oladi. Shuning uchun u Fransiyaning “Naval Group” kompaniyasi bilan tuzgan 56 milliard yevrolik shartnomani bekor qildi. Le Drianning fikricha, bunday qadamlar ittifoqchilar orasida bo‘lishi kerak emas. "Bu haqiqiy ortdan pichoq sanchish bo‘ldi. Biz avstraliyaliklar bilan ishonchli munosabatlarga ega edik ammo unga xiyonat qilindi", — degan vazir.

 

Fransiya razvedka tatqiqotlari markazi direktori o‘rinbosari Alen Rodyening qayd etishicha, shartnomani bekor qilib, Avstraliya Fransiyaning yuziga zarba bergan. Parij eng katta kelishuvdan mahrum bo‘lgan, uning amalga oshishi fransuz harbiy-dengiz sanoatiga bir necha yil davomida yordam bergan bo‘lardi.

 

Avstraliya TIV Fransiya qaroriga munosabat bildirdi. Unda Kanberra elchi chaqirib olinishidan afsusda ekanini, shuningdek, Parijning holatini yaxshi anglashini maʼlum qilgan.

 

AQSH Davlat departamenti ham hodisadan afsusda ekanini bildirdi. Shuningdek, Fransiya Vashingtonning ilk ittifoqchilaridan ekanini aytib o‘tgan.

 

Eslatib o‘tamiz, 16 sentyabr kuni AQSH Buyuk Britaniya va Avstraliya bilan harbiy hamkorlikni kengaytirish yuzasidan kelishuvga erishdi.  Unga ko‘ra, uch tomonlama kiberxavfsizlik, flot va boshqa sohalarda hamkorlik yo‘lga qo‘yiladi. Shuningdek, Avstraliyaga atom suvosti kemalari beriladi. Bunga javoban Xitoyning AQSHdagi elchisi Vashingtondan sovuq urush davridagi fikrlardan voz kechishni talab qildi.

 

 

Jahongir Qo‘ziyev

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"