Sport

Iguain Lionel Messining «Inter Mayami»ga kelishi mumkinligini aytdi

«Inter Mayami» jamoasining argentinalik hujumchisi Gonsalo Iguain “PSJ” yulduzi Lionel Messining Amerika klubiga o‘tishi mumkinligi haqida gapirdi.

Iguain Lionel Messining «Inter Mayami»ga kelishi mumkinligini aytdi

 

 

«Hozirda men Leoning jamoamizga o‘tishi haqida biror narsa deyolmayman. Chunki bu menga ko‘plab muammolar olib kelishi mumkin. Lekin klub Messini sotib olishni xohlaydi. Biz ham uni jamoamizda ko‘rishdan xursand bo‘lamiz. Qanday bo‘lishini esa, albatta, vaqt ko‘rsatadi», — deydi Gonsalo

 

Maʼlumot uchun: Iguain 2020 yil «Inter Mayami»ga erkin agent sifatida o‘tgandi. U Amerika klubi tarkibida 29 ta o‘yinda maydonga tushib 10 ta gol urdi va 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Iguain “MLS”ga kelishidan oldin so‘nggi mavsumini “Yuventus” safida o‘tkazgan.

 

Leo Messi esa joriy mavsum boshlanishidan avval “PSJ” bilan ikki yillik shartnoma imzolagan va u yana bir yilga uzaytirilishi mumkin.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval Leon Goreskaning “Bavariya” bilan shartnomasini uzaytirgani haqida xabar bergan edik.

 

 

Maqsadjon Obidjonov

Iguain Lionel Messining «Inter Mayami»ga kelishi mumkinligini aytdi | Zamon.uz