Jizzaxda xonadonda paxta chigitlaydigan uskuna borligi aniqlandi
Shu kunlarda paxta yig‘im-terimi qizg‘in davom etmoqda.

Biroq ayrim qo‘shtirnoq ichidagi uddaburonlar undan o‘z manfaatlari yo‘lida foydalanishga harakat qilayapti. Xususan, Sharof Rashidov tumani Saraylik mahallasidagi xonadon og‘ilxonasida “tim-tim” uskunasi vositasida paxta chigitlayotgani maʼlum bo‘ldi. Va yana hali chigitdan ajratilmagan 200 kilogramm paxta aniqlandi.
Ichki ishlar xodimlari tomonidan 200 kilogramm paxta va tim-tim uskunasi hujjatlashtirildi.
Ayni paytda holat yuzasidan tuman ichki ishlar bo‘limi tergovga qadar tekshiruv olib bormoqda.
Munojat Valiyeva







