Toshkentda “Spark” boshqaruvidagi haydovchi 4 yoshli qizni urib yubordi
Toshkentda “Spark” boshqaruvidagi haydovchi 4 yoshli qizni urib yubordi.

Toshkentda ayol kishi boshqaruvida bo‘lgan mashina to‘rt yoshli qizchani urib yubordi. Qiz shifoxonaga yotqizilgan. Bu haqda Toshkent shahar IIBB matbuot xizmati xabar berdi.
“2021 yil 14 sentyabrda, taxminan soat 17:00 da, Uchtepa tumani Beshqayrag‘och ko‘chasida, 540-sonli bolalar bog‘chasi yonida “Spark” rusumli avtomashinasini boshqargan Saida N. voyaga yetmagan piyodani urib yuborgan”, deyiladi xabarda.
Eslatib o'tamiz, avvalroq Surxondaryoda “Matiz” haydovchisi 12 yoshli qizni urib yuborgani haqida xabar berilgandi.







