O'zbekiston

"UzAuto Motors" "Spark" va "Lacetti" avtomobillarini vaqtincha ishlab chiqarish to‘xtatilganligi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi

​​So’nggi paytlarda ba'zi OAV vakillari o'z kanallarida 2021 yilning avgust oyida "Chevrolet Spark" avtomobili ishlab chiqarilmagani haqida xabar berishmoqda. Bu ma'lumotlar haqiqatga to’g’ri keladi va Respublika Davlat statistika qo'mitasi ma'lumotlari asosida tasdiqlangan.

"UzAuto Motors" "Spark" va "Lacetti" avtomobillarini vaqtincha ishlab chiqarish to‘xtatilganligi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi

Ushbu ommabop avtomobil modellari ishlab chiqarilishining vaqtincha to'xtab qolishining sababi nimada?

 

“UzAuto Motors” boshqaruv va ishlab chiqarishning bosqichma-bosqich transformatsiyasini amalga oshirdi. Uning doirasida yagona platformadagi avtomobillarni ishlab chiqarishga o'tish rejalashtirilgan. Birinchi bosqichda "Chevrolet Tracker" va "Chevrolet Onix" avtomobil modellari bo'ladi.

 

Kelgusida "Tracker" va "Onix" modellarini ishlab chiqarishni o'zlashtirishga imkon beradigan rejalashtirilgan o'rnatish va ishga tushirish ishlari joriy yil iyul oyining o'rtalaridan avgust oyining oxirigacha amalga oshirildi.

 

Ushbu keng ko'lamli modernizatsiya ishlari avtomobil ishlab chiqarilishi uchun muhim bo’lgan yarimo'tkazgichlarning global tanqisligi fonida sodir bo'ldi. Yuqoridagi omillar sabab "Chevrolet Lacetti" va "Chevrolet Spark" modellarini ishlab chiqarish vaqtincha to'xtatilgan edi.

 

“UzAuto Motors” kompaniyasi tez orada ushbu avtomobil modellarni qayta ishlab chiqarishni yo’lga qo’yadi.

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva Ammon shahridagi Jordan River Designs hunarmandchilik shourumiga tashrif buyurdi

Ziroat Mirziyoyeva bu kabi tashabbuslarning xotin-qizlar bandligi va milliy hunarmandchilikni rivojlantirishdagi ahamiyatini qayd etdi.

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

O‘zbekiston Prezidenti va Iordaniya Podshohi muzokara o‘tkazdi

Imtiyozli savdo bitimini imzolash, o‘zaro savdo hajmini kelgusida 500 million dollarga yetkazish masalasiga alohida to‘xtalib o‘tildi.

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

Taʼlim xarajatlari 19,6 foizga oshdi: eng ko‘p mablag‘ Toshkentda sarflangan

O‘zbekistonda 2026 yilning 9 oyida taʼlim xizmatlari hajmi 34,8 trillion so‘mga yetdi.

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilar janjaliga aralashgan o‘qituvchi jazolandi: unga intizomiy jazo qo‘llandi

O‘quvchilarning ota-onalariga nisbatan ham ma’muriy chora ko‘rish yuzasidan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga murojaat qilindi.

Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q

Andijonda uch qavatli uy yondi: jabrlanganlar yo‘q

Hozirda hodisa sababi va zarari aniqlanmoqda.

O'zbekistonda mol go‘shti importi 17,7 foizga oshdi: asosiy yetkazib beruvchi qaysi davlat?

O'zbekistonda mol go‘shti importi 17,7 foizga oshdi: asosiy yetkazib beruvchi qaysi davlat?

2026-yilning 9 oyida 12 ta davlatdan 132 ming tonna mol go‘shti import qilgan.

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Avtobuslarda bepul yurish qimmatga tushdi: 158 mingdan ortiq qoidabuzarlik aniqlandi

Yo‘l haqini to‘lamaganlardan yil boshidan buyon 3,66 mlrd so‘mdan ortiq jarima undirilgan.

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Talabalar ham narkosavdoga jalb qilingan: Toshkentda yirik narkoguruh qo‘lga olindi

Gumonlanuvchilar internet-narkodo‘konda olti oydan buyon faoliyat yuritib kelgan.