O'zbekiston

O‘zbekistonda “LADA Vesta CW” va “LADA XRAY” rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi

Jizzaxda “LADA” avtomobillarini ishlab chiqarish boshlandi. Bu haqda “Spot” nashri  xabar berdi.

O‘zbekistonda “LADA Vesta CW” va “LADA XRAY” rusumli avtomobillar ishlab chiqarila boshlandi

 

 

Unda aytilishicha, avtomobillar “ADM Jizzakh” avtomobil zavodida ishlab chiqarilmoqda.

 

SKD usulida ishlab chiqarilgan birinchi “LADA Vesta CW” va “LADA XRAY” modellari  dilerlarga yuborish uchun taxt qilib qo‘yilgan. Yaqin kelajakda ular qatoriga “LADA Largus” ham qo‘shilishi rejalashtirilmoqda.

 

“O‘zbekiston “Avtovaz” uchun asosiy eksport bozorlaridan biri bo‘lib, “LADA” brendi respublikada yaxshi tanilgan. Bu esa “LADA”ning mamlakat bozorida o‘z o‘rniga ega bo‘lishiga imkon beradi” , — deydi kompaniya rasmiy vakili.

 

Maʼlumotlarga qaraganda, 2020-yil davomida O‘zbekistonda “Roodell” dilerlik tarmog‘i orqali  5 mingdan ortiq “LADA” avtomobillari sotilgan.

 

Uning endi mahalliy zavodlarda yig‘ilib, bozorga chiqarilishi boshqa turdagi avtomobillar bilan raqobatga kirishiga imkon yaratadi. Bu esa, birinchi navbatda, kredit dasturlari va “Trade-in” yordamida avtomobillar narxi yana-da arzonlashishiga sabab bo‘ladi. Shuningdek, “LADA” brendining O‘zbekiston avtomobil bozoridagi o‘rnini yana-da kengaytiradi, nufuzini oshiradi.

 

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda “Nexia-3” va “Spark” avtomobillarini ishlab chiqarish kamaygani hamda “Chevrolet Tracker”ning ilk partiyasi hali ishlab chiqarilmasdan sotib bo‘lingani xabar qilingandi.

 

 

 

Olamgir Abdiyev

custom img

O‘zbekistonda ishsizlik va qashshoqlik darajasi 4,5 foizgacha pasaydi

Yilning birinchi yarmida 506 ming kishi doimiy ish bilan ta’minlandi.

custom img

Farg‘onada Lacetti yo‘l chetidagi ustun va daraxtga urilib, ag‘darildi

Haydovchiga voqea joyida tibbiy yordam ko‘rsatilgan.

custom img

“Milliy manfaatlarni himoya qilish, dunyodan yopilish degani emas” — Sherzod Asadov

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov Toshkentdagi Islom sivilizatsiyasi markazida oʻtkazilayotgan “Islom sivilizatsiyasi: yangi dunyo, yangi tashabbuslar” xalqaro media forumida zamonaviy jurnalistika, sun’iy intellekt, so‘z erkinligi va milliy media masalalariga to‘xtaldi.

custom img

O‘zbekistonning davlat qarzi 48,3 mlrd dollarga yetdi

Davlat qarzining 40,7 mlrd dollari tashqi, 7,6 mlrd dollari esa ichki qarz hissasiga to‘g‘ri keladi.

custom img

Ta’lim krediti olish tartibi: kimlarga va qancha miqdorda beriladi?

Talabalar uchun ta’lim krediti olish tartibi va asosiy shartlar ma’lum qilindi.

custom img

Surxondaryoda 4 ayol bir ayolni samosud qildi

Janjalga yer masalasi sabab bo‘lgan.

custom img

O‘zbekistonda yangi pensionerlarning 61 foizi to‘liq ish stajiga ega emas

2010-yilda bu ko‘rsatkich 6 foizni tashkil qilgan.

custom img

Maktabgacha va maktab ta’limida o‘zbek tilini o‘qitish metodikasi takomillashtiriladi

180 nafar pedagog o‘zbek tilini zamonaviy metodika asosida o‘qitish bo‘yicha seminarda ishtirok etmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"