Eng dolzarb

O‘zbekistonda gipermarket va supermarket maqomida ikkita do‘kon ochiladi

Qozog‘istonda eng yirik chakana savdo tarmog‘i hisoblanadigan “Magnum Cash & Carry” O‘zbekistonda 2021 yilning dekabr oyi boshida ikkita do‘kon ochadi. Bu haqda kompaniya boshqaruvi raisi Azamat Osmonov “K21:Kazakhstan Growth Forum”ida maʼlum qildi, deb xabar beradi “Kapital.kz”.

O‘zbekistonda gipermarket va supermarket maqomida ikkita do‘kon ochiladi

 

 

Tashkilot raisining so‘zlariga ko‘ra, bu do‘konlar gipermarket va supermarket maqomida bo‘ladi.

 

U, shuningdek, “Magnum Cash & Carry” tarmog‘i uchun O‘zbekiston bozoriga kirish ustuvor vazifa ekanini aytgan. Chunki rus savdo markalari Qozog‘iston bozorida ustunlik qilayotgani, ular bilan mahalliy chakana sotuvchilar imkoniyati teng emasligini taʼkidlagan.

 

O‘zbekiston bozoriga chiqish rejalari o‘tgan yilning kuzida maʼlum bo‘lgan edi. Maʼlumotlarga ko‘ra, kompaniya 2021 yilda Toshkentda oltita do‘kon ochishni reja qilgan bo‘lib, har bir joy uchun investitsiyalar hajmi 5 million dollarni tashkil etadi.

 

Kompaniya xaridorlarga boshqa mamlakatlardan olib kelinadigan hamda O‘zbekiston va Qozog‘istonda ishlab chiqariladigan keng turdagi tovarlarni taklif qilishni maqsad qilgan. Shu bilan birga, savdo tarmog‘i “Magnum Club” bonus dasturini ham ishga tushirmoqchi.

 

 

Olamgir Abdiyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

O‘zbekistonda gipermarket va supermarket maqomida ikkita do‘kon ochiladi | Zamon.uz