Sport

To‘shakda sovrinlar bilan suratga tushishni yaxshi ko‘radigan futbolchi (foto)

21-sentabr kuni Robert Levandovski 2020/2021 yilgi mavsum uchun «Oltin butsa» sohibi bo‘ldi. U o‘tgan mavsumda Bundesliganing 29 o‘yinida 41 ta gol urdi.

To‘shakda sovrinlar bilan suratga tushishni yaxshi ko‘radigan futbolchi (foto)

 

 

Robertdan keyingi o‘rinlarni Lionel Messi (30 ta gol) va Krishtianu Ronaldu (29 ta gol) egalladi. Bu «Oltin butsa» sovrindorlari orasida 2014/2015 yilgi mavsumdan buyon eng yaxshi ko‘rsatkich bo‘ldi.

 

«Bavariya» futbolchilari orasida «Oltin butsa»ni bundan 49 yil oldin, yaʼni 1972-yilda Gerd Myuller qo‘lga kiritgandi. Robert ushbu sovringa ega bo‘lgani haqida quyidagicha fikr bildirdi:

 

 

«Men juda xursandman. Mavsum orasida jarohat olganimda  sovrin haqida o‘ylab ham ko‘rmagandim. Bu g‘alabani barcha yaqinlarimga bag‘ishlayman».

 

Levandovski to‘shakda sovrinlar bilan suratga tushishni yaxshi ko‘radi. U 2020-yilda ikki marta shu holatda suratga tushgan.

 

 

Eslatib o‘tamiz, «Bavariya» 2019/2020 yilgi mavsumda Yevropa chempionlar ligasi g‘olibi bo‘ldi. Bundan tashqari Germaniya kubogi, superkubogi hamda  UEFA superkubogini qo‘lga kiritdi.

 

Avvalroq, Robert Levandovski «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritgani haqida xabar bergan edik.

 

 

Jamshidbek Amirov

To‘shakda sovrinlar bilan suratga tushishni yaxshi ko‘radigan futbolchi (foto) | Zamon.uz