Sport

Jahon chempionatida qatnashgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi

Litva davlatida davom etayotgan jahon chempionatida qatnashgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi kecha oqshom yurtimizga qaytib keldi.

Jahon chempionatida qatnashgan O‘zbekiston futzal terma jamoasi yurtimizga qaytib keldi

 

Futzalchilarimizni Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi mutasaddilari, futzalchilarning oila aʼzolari hamda ommaviy axborot vositalari xodimlari tantanali kutib oldi.

 

Eslatib o‘tamiz,  Bahodir Ahmedov murabbiyligidagi jamoamiz jahon chempionatida ilk marta g‘alaba qozonib, pley-off bosqichida  ishtirok etdi. Qolaversa, hamyurtlarimiz mundial davomida jahonning eng kuchli terma jamoalari bilan tengma-teng kurash olib bordi.

 

Avvalroq, O‘zbekiston terma jamoasi nimchorak finalda Eronga 8:9 hisobida mag‘lub bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov