Uyga muhtoj ona farzandini sotdi
Jinoyat ishlari bo‘yicha Paxtachi tuman sudida 6 yashar bolasini 6 ming AQSH dollariga sotmoqchi bo‘lgan ayol ishi ko‘rib chiqildi. Bu haqda Samarqand viloyati IIB matbuot xizmati xabar berdi.

Farzandini sotmoqchi bo‘lgan ayol shartli ravishda tadbirga jalb qilingan ayoldan 4 ming 400 AQSH dollarini olib, farzandini berayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari tomonidan qo‘lga olingan. Sud ayolga Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi hamda 57-moddasini qo‘llab, 5 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi. Voyaga yetmagan farzandi Mehribonlik uyiga topshirildi.
Аvvalroq Navoiyda farzandini sotmoqchi bo‘lgan ota-ona ushlangani hamda Samarqandda 3 yoshli o‘g‘lini sotmoqchi bo‘lgan 19 yoshli qiz va uning onasiga sud hukmi o‘qilgani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







