O‘zbekiston taekvondo WT jamoasiga yangi bosh murabbiy tayinlandi
Taekvondo WT bo‘yicha O‘zbekiston terma jamoasiga Pavel Xan bosh murabbiy etib tayinlandi.

Bu haqda assotsiatsiyaning “Tokio-2020” yakunlari va yangi strategik rejalarga bag‘ishlangan yig‘ilishida maʼlum qilindi.
Yig‘ilishda dastavval assotsiatsiyaning “Tokio-2020” Olimpiya o‘yinlarigacha bo‘lgan faoliyati sarhisob qilindi. Unda Olimpiada yakunidan keyin sportchilar ishtiroki chuqur tahlil qilingani, shundan so‘ng terma jamoa bosh murabbiyi o‘zgargani aytib o‘tildi. Yig‘ilishda Pavel Xan bosh murabbiy, Aleksandr Kim esa maslahatchi murabbiy sifatida faoliyat olib borishi maʼlum qilindi. Ichki chempionat yakuniga yetgach terma jamoa tarkibi ham yangilanadi, Olimpiadaga har bir vazn toifasida 2 nafardan sportchi tayyorlab boriladi. Ayollar jamoasiga esa janubiy koreyalik murabbiyni jalb etish rejalashtirilayotgani aytildi.
Maʼlumot uchun: Xan Pavel Afanasevich 1984-yil Toshkent shahrida tug‘ilgan. Taekvondo bo‘yicha O‘zbekistonning ilk Olimpiada chempioni Ulug‘bek Rashidovning murabbiyi hisoblanadi.
Jamshidbek Amirov







