Salomatlik

O‘zbekistonda COVID-19‘ga qarshi 12 yoshdan katta bolalar ham ixtiyoriy emlanadi

Mamlakatimizda endi 12 yoshdan katta bolalarga ham COVID-19‘ga qarshi Pfizer vaksinasi bilan ixtiyoriy ravishda emlashnishga ruxsat berildi.

O‘zbekistonda COVID-19‘ga qarshi 12 yoshdan katta bolalar ham ixtiyoriy emlanadi

 

 

Koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasining 12-15 yoshdagi bolalarda o‘tkazilgan klinik sinovlarining natijalari mazkur vaksinaning yuqori darajada samaradorligi va xavfsizligini ko‘rsatdi.

 

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan 12 yoshdan yuqori bolalarni va o‘smirlarni Pfizer vaksinasi bilan emlash tavsiya etildi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Bosh davlat sanitariya vrachi va milliy texnik immunologik ekspert komissiyasi qaroriga asosan, yurtimizda ota-onalar va vasiylarining roziligi asosida, ixtiyoriy ravishda 12 yoshdan katta bolalarni Pfizer vaksinasi bilan emlash imkoniyati mavjud.

 

Demak bizning yurtimizda ham 12 yoshdan katta bolalar shifokor ko‘rigidan o‘tgach, koronavirusga qarshi Pfizer vaksinasi bilan emlanishi mumkin.

 

Maʼlumot uchun, shu yil 13-sentabr kuni mamlakatimizga 1 200 000 doza Pfizer/BioNTech vaksinasi olib kelingan.

 

Ayni kungacha mamlakatimizda jami 19 969 345 doza vaksinadan foydalanildi. Shu kungacha to‘liq emlangan fuqarolar 4 283 645 nafarni tashkil qilmoqda.

 

 Bundan avval O‘zbekistonda “Sputnik V”ni qabul qilish oralig‘i va uning ikkinchi komponentlari qachon keltirilishi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

 

                                                                             

Cho‘lponoy Ahmedova

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

Farg‘onada bolalar bepul tibbiy ko‘rikdan o‘tkaziladi

8-12-iyun kunlari tibbiy aksiya doirasida Farg‘ona shahrida respublikaning yetakchi shifokorlari bolalarni ko‘rik va diagnostikadan o‘tkazadi.

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Yangi saraton dorisi 15 ta bemorda o‘smalarni butunlay yo‘q qildi

Tadqiqot 11 mamlakatda o‘tkazilgan bo‘lib, unda bosh va bo‘yin saratoniga chalingan 102 nafar bemor ishtirok etgan.

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

“Sikada” virusi O‘zbekistonga xavf solmoqdami?

Sanepidqo‘m vakili Nurmat Otabekov vaziyat yuzasidan izoh berdi.

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

Dunyoda vabodan o‘lim ko‘rsatkichlari oshmoqda

JSSTga ko‘ra, bu bo‘yicha epidemiologik vaziyat yomonlashmoqda.

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Maymunchechak bo‘yicha e’lon qilingan favqulodda holat bekor qilindi

Kasallanish va o‘lim holatlarining kamayishi tufayli JSST mpox epidemiyasini favqulodda holat maqomidan chiqardi.

O‘zbekistonlik shifokorlar  Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekistonlik shifokorlar Janubiy Koreyada bepul o‘qitiladi

O‘zbekiston sog‘liqni saqlash delegatsiyasi Koreyada robotlashtirilgan jarrohlik, telemeditsina va qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishdi.

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

O‘zbekistonlik olimlar virusli ko‘z kasalliklari uchun dori plyonka yaratdi

Plyonka ko‘zga qo‘yilganda asta-sekin eriydi va dorivor modda tomchiga qaraganda uzoqroq ta’sir ko‘rsatadi.

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

Zararsiz ko‘ringan gazaklar aslida miyani “sindirishi” mumkin

5 kunlik zararli ovqatlanish miyada doimiy o‘zgarishlarga olib keladi.

O‘zbekistonda COVID-19‘ga qarshi 12 yoshdan katta bolalar ham ixtiyoriy emlanadi | Zamon.uz