Ta'lim

Tavsiyanoma asosida 2 ming 30 nafar xotin-qiz davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi

Tavsiyanomaga ega bo‘lgan xotin-qizlarning 2 ming 30 nafari respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriatining kunduzgi taʼlim shakli bo‘yicha qo‘shimcha davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi. Bu haqda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi xabar bermoqda.

Tavsiyanoma asosida 2 ming 30 nafar xotin-qiz davlat granti asosida talabalikka qabul qilindi

 

 

Unda aytilishicha, tavsiyanoma olish uchun talabgor bo‘lgan “Temir daftar”, “Ayollar daftari”ga kiritilgan oilalarning qiz farzandlari hamda “Yoshlar daftari”ga kiritilgan oilalarda yashovchi jami 30 ming 69 nafar xotin-qizlardan arizalar  qabul qilingan.

 

Ushbu arizalar tuman (shahar) mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash bo‘limlarida tegishli tashkilotlardan iborat Ishchi guruhlar tomonidan o‘rganib chiqildi hamda Mahalla va oilani qo‘llab-quvvatlash vazirligi tomonidan respublikamiz bo‘yicha 23 ming 685 nafar xotin-qizlarga  tavsiyanomalar berildi. Shular qatorida o‘qishga kirgan xotin-qizlar 2 ming 30 nafarni tashkil etgan. Xususan, ular respublika kesimida quyidagicha ko‘rinishda bo‘ldi:

 

Qoraqalpog‘iston Respublikasi 114 ta;

Andijon viloyati184 ta;

Buxoro viloyati112 ta;

Jizzax viloyati86 ta;

Qashqadaryo viloyati199 ta;

Navoiy viloyati60 ta;

Namangan viloyati 168 ta;

Samarqand viloyati 227 ta;

Surxondaryo viloyati158 ta;

Sirdaryo viloyati 50 ta;

Toshkent viloyati 179 ta;

Farg‘ona viloyati 223 ta;

Xorazm viloyati 114 ta;

Toshkent shahri 156 ta.

 

Bundan avval imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi maʼlumotlar eʼlon qilingani, imtihonlarsiz o‘qishga kirish bo‘yicha imtiyozga ega abituriyentlar qo‘shimcha davlat granti asosida o‘qishga qabul qilingani hamda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi ajratayotgan subsidiya kimlarga berilishi haqida xabar berilgandi.

 

 

Olamgir Abdiyev

custom img

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

custom img

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

custom img

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

custom img

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

custom img

O‘zbekistonda ayrim talabalar universitet diplomini 3 yilda olishi mumkin

9-sinf bitiruvchilari maktab, akademik litsey yoki texnikumda ikki yil tahsil olib, keyingi uch yilni mahalliy yoki xorijiy hamkor oliygohda davom ettirishi mumkin bo‘ladi.

custom img

B1 sertifikatiga ega abituriyentlarga chet tili fanidan maksimal ballning 75 foizi beriladi

Yangi tartibga ko‘ra, bir qator sertifikatlarga ega pedagoglar uchun ustamalar belgilandi.

custom img

Toshkentdagi ayrim maktablarda davomat “aqlli” kameralar orqali nazorat qilinadi

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan xabarlar yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.

custom img

Markaziy Osiyo yagona bilim va innovatsiyalar makoniga aylantiriladi

Samarqandda Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi universitetlari kongressi bo‘lib o‘tmoqda.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"