Eng dolzarb

Amir Temur – dunyo olimlari va adiblari nigohida

Temuriylar davri nafaqat O‘rta Osiyo, balki jahon sivilizatsiyasida muhim o‘rin tutadi. Sohibqiron Amir Temur yagona saltanat bunyod qilgach, ilm-fan, adabiyot, madaniyat va sanʼat, hunarmandchilik, shaharsozligu-meʼmorchilikni faol qo‘llab-quvvatladi. Bu esa, o‘z navbatida, dunyo tamaddunida Ikkinchi Renessans davri boshlanishiga turtki bo‘ldi.

Amir Temur – dunyo olimlari va adiblari nigohida

 

 

Bugun dunyo olimlarining mana shunday buyuk shaxs va uning avlodlari hayoti va ijodiga bo‘lgan qiziqishi tobora ortib bormoqda. Shu munosabat bilan Prezidentimizning 2021-yil 26-martdagi “Maʼnaviy-maʼrifiy ishlar tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi shu yil 28-30 sentabr kunlari “Amir Temur — dunyo olimlari va adiblari nigohida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tashkil etildi. Mazkur anjuman Sohibqiron bobomizning merosi, faoliyati, jahon tarixidagi o‘rni va ahamiyati  dunyo olimlari tomonidan katta qiziqish bilan o‘rganilayotganiga yaqqol dalil bo‘la oladi.

 

Amir Temur tavalludining 685 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan xalqaro ilmiy-amaliy anjuman tadbirlari Toshkent (28 sentabr), Shahrisabz (29 sentabr) va Samarqand (30 sentabr) shaharlarida bo‘lib o‘tadi.

 

Anjumanning birinchi kuni dasturidan Amir Temur haykali poyiga gul qo‘yish, Temuriylar tarixi davlat muzeyiga sayohat va “Temuriylar va Ikkinchi Renessans davri” kitoblar ko‘rgazmasi, “Yangi O‘zbekiston” bog‘i va Toshkent shahrining diqqatga sazovor joylariga sayohat o‘rin olgan.

 

Ikkinchi kuni anjuman Shahrisabzda davom etadi. Anjumanning “Amir Temur va temuriylar davri manbashunosligi va tarixshunosligi masalalari”, “Temuriylar davri davlat boshqaruvi va xalqaro munosabatlar”, “Temuriylar Renessansi: ilm-fan, madaniyat va bunyodkorlik”, “O‘zbek va jahon adabiyotida Amir Temur obrazi” deb nomlangan shoʻba yig‘ilishlarida AQSH, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Turkiya, Misr, O‘mon, Eron, Pokiston, Ozarboyjon kabi 14 mamlakatdan 17 nafar nufuzli mehmon qatnashishi kutilmoqda. 

 

Uchinchi kuni “Shahrisabz” muzey qo‘riqxonasi, temuriylar davri meʼmorchiligi namunalari bo‘lgan “Dorus-saodat” va “Dorut-tilovat” majmuasi, “Oqsaroy” madaniy merosi yodgorligiga sayohat uyushtiriladi.

 

Shundan so‘ng, Samarqand shahridagi Amir Temur maqbarasini ziyorat qilish, Registon maydoni, Mirzo Ulug‘bek rasadxonasiga tashrif mo‘ljallangan.

 

Chikago universiteti professori Jon Vuuds (AQSH), Temuriylar tarixi va sanʼatini o‘rganish assotsiatsiyasi prezidenti Fridrix Bressand (Fransiya), Peshovar universiteti huzuridagi Markaziy Osiyoni o‘rganish markazi qoshida ochilgan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili ilmiy-tadqiqot markazi boshlig‘i Abdulla Beig (Pokiston), Qohira islom sanʼati muzeyining ilmiy nashr bo‘limi mudiri Somiya Hasan Usmon Hasan (Misr), Tehron universiteti qoshidagi Ilmiy tadqiqot instituti professori Amir Teymur Akbar Rafei (Eron), tarixchi olim, tarjimon Xelmut Dalov (Germaniya), tarixchi o‘lkashunos Aleksandr Nazarov (Rossiya), Ozarbayjon Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Yunus O‘g‘uz , Ege universiteti qoshidagi Turk dunyosi tadqiqotlari instituti professori Ali Usmon Qoratoy (Turkiya) va boshqa olimlar o‘z maʼruzalari bilan ishtirok etadi.

 

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"