Sport

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti O‘zbekistonga keldi

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti Endryu Parsons O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi taklifiga binoan yurtimizga keldi.

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti O‘zbekistonga keldi

 

 

Mehmon O‘zbekiston Milliy paralimpiya qo‘mitasi, Turizm va sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi va ommaviy axborot vositalari xodimlari ishtirokida tantanali kutib olindi.  Endryu Parsons O‘zbekistonga ilk  tashrifidan mamnun ekanini bildirdi.

 

Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti yurtimizda 2-oktabrga qadar bo‘ladi. Uning bu tashrifi, albatta, bejiz emas. Chunki malakatimiz paralimpiyachilaridan iborat jamoamiz shu yil Tokioda bo‘lib o‘tgan Paralimpiya o‘yinlarida 8 ta oltin, 5 ta kumush va 6 ta bronza jami 19 ta medal qo‘lga kiritgan holda 168 ta mamlakat vakillari qatnashgan dunyoning yirik sport anjumanida umumjamoa hisobida 16-o‘rinni egaladi. Martabali mehmon yurtimizda Paralimpiya harakatini yana-da rivojlantirish borasida bir qator rasmiy uchrashuvlar o‘tkazishi belgilangan.

 

Avalroq Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlari sovrindorlariga Samarqanddan uy berilgani va Olimpiyada sovrindori davlat tomonidan sovg'a qilingan “BMW X3” mashinasini sotgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"