YeCHLda gol urgan o‘zbek yigiti va Messidan kutilgan debyut
Кеча оқшом Европа чемпионлар лигасининг иккинчи туридан ўрин олган дастлабки учрашувлар бўлиб ўтди. Мазкур турнинг энг қизиқарли ўйини "ПСЖ" - "Манчестер Сити" ўртасида бўлиши шубҳасиз эди. Ушбу учрашувга инглизлар гуруҳ пешқадами сифатида етиб келган бўлса, Париж клуби эса биринчи турдан сўнг иккинчи поғонани эгаллаб турганди.


"PSJ” stadionida bo‘lib o‘tgan o‘yin muxlislarga haqiqiy futbol bayramini taqdim etdi. Uchrashuvda hisob parijliklar tomonidan ochilganidan so‘ng, "Manchester Siti" klubi faollikni oshirdi. Biroq bir xil vaziyatlarda ushbu klubga omad yetishmagan bo‘lsa, boshqa vaziyatlarda “PSJ” darvozaboni jamoasining joniga oro kirdi.
Ikkinchi bo‘limda muxlislar uzoq kutgan voqea sodir bo‘ldi. O‘yin yakuniga oz muddat qolgan bir paytda Lionel Messi o‘zining ajoyib zarbasi bilan parijliklar safida debyut golini urishga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa “PSJ” ingliz klubida 2:0 hisobida ustun keldi va guruhda peshqadamlikni qo‘lga kiritdi.
O‘zbekiston futbol muxlislari eʼtiborida turgan "Real Madrid" - "Sherif” o‘yini ham qiziqarli o‘tdi. “Sherif” safida to‘p surayotgan hamyurtimiz Jasur Yaxshiboyev uchrashuvning 25-daqiqasida gol urdi. Shu tariqa futbolchimiz Yevropa chempionlar ligasida gol urib jamoasining g'alabasiga munosib hissa qo'shdi.
Ispaniyada o‘tkazilgan mazkur o‘yinda Yaxshiboyev jamoasi 1:2 hisobida g‘alaba qozondi va guruhda olti ochko bilan birinchi o‘ringa mustahkam joylashib oldi.
Shuningdek, kecha oqshom “Milan” va “Atletiko” jamoalari ishtirokida yana bir qiziqarli o‘yin o‘tkazildi. Milanliklar stadionida o‘tgan o‘yinda ispanlar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi. Bundan tashqari Chempionlar ligasi ikkinchi turidan o‘rin olgan yana bir qator uchrashuvlarda quyidagicha natija qayd etildi:
"RB Leypsig" 1:2 "Bryugge”
“Portu” 1:5 “Liverpul”
"Borussiya D" 1:0 "Sporting"
“Shaxtyor” 0:0 “Inter”
“Ayaks” 2:0 “Beshiktosh”
Eslatib o‘tamiz, bugun Yevropa chempionlar ligasining ikkinchi turidan o‘rin olgan navbatdagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.
Jamshidbek Amirov







