Bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketish huquqiga ega
Ertaga, 1-oktabr — O‘qituvchi va murabbiylar bayrami taqvimda dam olish kuni sifatida belgilangan. Demak, bugun barcha xodimlar 1 soat vaqtli ketish huquqiga ega.


Shuningdek, haftasiga besh kun ishlaydigan xodimlar uchun 2-3 oktyabr kunlari (shanba-yakshanba) ham dam olish kuni hisoblanadi. Ular ketma-ket uch kun dam olishlari mumkin.
Haftasiga olti kun ishlaydigan xodimlar esa shanbada ishga chiqishadi.
Xodimlarni shu kunlari ish beruvchining farmoyishi bilan ishga jalb etishga alohida hollardagina — jamoa shartnomasida, agar u tuzilmagan bo‘lsa, — ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo‘mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishib belgilangan asoslar bo‘yicha va tartibda yo‘l qo‘yiladi.
Eslatib o‘tamiz, bayram (ishlanmaydigan) kunlari ishlash man etiladi. Mehnat Kodeksining 130-moddasiga ko‘ra, dam olish kunlarida xodimlarni ishlatish taʼqiqlanadi.







