Eng dolzarb

Samarqandda kuyov qaynakasini o‘ldirib qo‘ydi

Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Samarqand viloyati Kattaqo‘rg‘on tumanida erkak yarashishni taklif qilgan ayoli va qaynog‘asini pichoqladi.

Samarqandda kuyov qaynakasini o‘ldirib qo‘ydi

 

 

Maʼlum bo‘lishicha, Kattaqo‘rg‘on tumanlararo sudining hal qiluv qaroriga asosan qarzdor A.B. qaramog‘idagi ikki nafar farzandini turmush o‘rtog‘i Z.B. tarbiyasiga olib berish belgilangan. Javobgar  A.B. 28-sentabr kuni davlat ijrochisi F.B.ga bir necha marta qo‘ng‘iroq qilib, bolalarni turmush o‘rtog‘i — daʼvogar Z.B.ga ixtiyoriy ravishda topshirishi va u bilan yarashishga qaror qilganini bildirib, xonadoniga davlat ijrochilari hamda turmush o‘rtog‘ini taklif qilgan.

 

Manzilga davlat ijrochilari hamda Z.B. yetib kelgach, qarzdor A.B. u bilan birga yashashni taklif qilgan, lekin Z.B. bu taklifni rad etadi. Shunda A.B. janjal ko‘tarib, xonadonidan oshxona pichog‘ini olib chiqib, Z.B.ning chap son va o‘ng qovurg‘a sohalariga tan jarohati yetkazadi. Shundan so‘ng A.B. janjal vaqtida, tinchlantirishga harakat qilgan Z.B.ning akasi T.N.ga ham pichoq sanchadi. Z.B. va T.N. zudlik bilan Kattaqo‘rg‘on shahar tibbiyot birlashmasiga olib borilib, ularga tez tibbiy yordam ko‘rsatiladi. Lekin T.N.ga og‘ir tan jarohati yetkazilgani uchun vafot etadi.

 

Mazkur holat yuzasidan Kattaqo‘rg‘on shahar prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, A.B gumonlanuvchi tariqasida qo‘lga olingan.

 

Avvalroq Navoiyda qaynota kuyovini pichoqlab o‘ldirib qo‘ygani hamda Toshkentda dzyudochi Kamoliddin Rasulov boshqa sportchi  tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani haqida xabar qilingandi. Shuningdek, Jizzaxda aka o‘z akasini, qayniuka kelinoyisini pichoqlab o‘ldirgani va Navoiyda mast fuqaro tanishini o‘ldirib qo‘ygandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Samarqandda kuyov qaynakasini o‘ldirib qo‘ydi | Zamon.uz