Sport

Xorazmda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi

Bugun Xorazm viloyatining Urganch shahrida dzyudo bo‘yicha kattalar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi.

Xorazmda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi

 

 

Muhtasham “Yoshlik” sport majmuasi mezbonlik qilayotgan musobaqada Qoraqalpog‘iston Respublikasi, barcha viloyatlar hamda Toshkent shahridan jami 557 (441 o‘g‘il bola, 116 qiz) nafar dzyudochi 14 ta vazn toifasida tatamiga chiqmoqda. Shuningdek, MHSK dzyudochilari ham alohida jamoa sifatida ishtirok etishyapti. Murosasiz kechayotgan bellashuvlarni 30 nafar tajribali hakamlar boshqarib borishmoqda.

 

Musobaqaning birinchi kunida o‘g‘il bolalar 60, 66 kg, qizlar esa 48, 52 va 57 kg vazn toifasida bellashadilar. Bugungi bahslarda  esa jami 262  nafar, yaʼni 196 kg vaznda  o‘g‘il bolalar, 66 kg vaznda qiz bolalar tatamiga chiqyapti.   Kunning ikkinchi yarmi soat  17:00da medallar uchun final bellashuvlari boshlanadi.

 

Bundan avval   dzyudochilarimiz Tokioga yo‘l olishgani,  Tokio -2020 dzyudochilarimiz olimpidadagi ishtirokini yakunlashgani va Tokio - 2020 da dzyudochi Bekmurod Oltiboyev Rio olimpiadasi chempiontga yutqazib qo‘ygani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Xorazmda dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston kubogi bahslari boshlandi | Zamon.uz