Jizzaxda 8 yoshli bolaning harakatlari katta janjalga sabab bo‘ldi
Shu yilning sentyabr oyida ijtimoiy tarmoqlarda “Ayollar o‘rtasida janjal bo‘ldi” izohi ostida videotasvirlar tarqaldi.


Jizzax viloyati IIB axborot xizmatining xabar berishicha, ushbu voqea Jizzax viloyati G‘allaorol tumani Do‘stlik mahallasida ro‘y bergan.
Videotasvirlarda mazkur hududda yashovchi ikki oila vakillarining kelishmovchiligi aks etgan. Nizoga 2013-yilda tug‘ilgan bolaning shu mahallada yashovchi fuqaro tomonidan quritishga qo‘yilgan choyshabiga loy oyog‘ini artishi sabab bo‘lgan. Buni ko‘rgan choyshab egasi bolani qarg‘agani oqibatida janjal yuz bergan.
Voqea haqida maʼlumot olinishi bilan hududga ikki nafar profilaktika inspektori yetib borib, kelishmovchilikni barataraf etish choralarini ko‘rdi. Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Bundan avval Namanganda ayolga kuch ishlatgan shaxs prokuratura xodimi bo‘lishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.
Cho‘lponoy Ahmedova







