Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ni karikatura qilgan rassom fojiali tarzda halok bo‘ldi
Payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ni karikatura qilgan 75 yoshli shved Lars Vilks va uning soqchilari yuk mashinasi bilan to‘qnashuvda fojiali tarzda halok bo‘ldi. Bu haqda “RIA novosti” maʼlum qildi.


Qayd etilishicha, voqea yakshanba kuni Shvetsiya janubidagi Markarid munitsipaliteti yaqinidagi E4 trassasida sodir bo‘lgan.
Mashina ichida bo‘lgan karikaturachi va 2 nafar politsiyachisi voqea joyida halok bo‘lgan. Yuk mashinasi haydovchisi og‘ir tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan. U huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan so‘roq qilinmoqda.
Bu hodisada kim aybdorligi haqida hozircha maʼlumot yo‘q.
Maʼlumot o‘rnida: Lars Vilks sanʼatshunoslik fanlari nomzodi bo‘lib, ko‘plab Skandinaviya universitetlarida dars bergan.
U 2007-yilda payg‘ambarimiz Muhammad (s.a.v.)ni Fransiyaning “Charlie Hebdo” jurnalida karikatura qilganidan keyin juda katta xavf ostida qolgandi va o‘shandan beri muntazam politsiya himoyasida yashab kelayotgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







