“PSJ” tanaffusga 2:0 hisobida chiqishi kerak edi, lekin buning o‘rniga 0:1 hisobida yutqazdi — Pochettino
“PSJ” bosh murabbiyi Maurisio Pochettino Fransiya chempionatida “Renn”ga imkoniyatni boy berganidan (0:2) so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi:

"Biz gol urishimiz kerak edi, chunki g‘alaba uchun faqat gol kerak. Birinchi bo‘lim oxirida 25 daqiqa yaxshi o‘ynadik. Birinchi bo‘limda 2:0 hisobida tanaffusga chiqishimiz kerak edi, lekin buning o‘rniga 0: 1 hisobida yutqazib qo‘ydik.
Ikkinchi bo‘lim boshida birinchi golli vaziyatdan foydalana olmadik. Bularning barchasi jamoaga katta taʼsir ko‘rsatdi. “Renn” katta ishonch bilan o‘ynadi. Biz navbatdagi uchrashuvlarga tayyorgarlik ko‘rish uchun vaqt topamiz".
Jamshidbek Amirov







