Rossiya vaksinalari bilan emlangan sportchilarga ham qishgi Olimpiadada ishtirok etishga ruxsat berildi
2022-yilgi qishki Olimpiada o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi Xitoy poytaxti Pekin shahrida o‘tkaziladigan musobaqada Rossiya vaksinalari bilan emlangan sportchilarga ham bahslarda ishtirok etishga ruxsat berdi.

Shuningdek, Olimpiadada Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti, tegishli xalqaro tashkilotlar, mamlakatlar yoki mintaqalar tomonidan rasman tasdiqlangan barcha vaksinalar qabul qilinadi.
Bundan avval ushbu Olimpiada o‘yinlarida faqat emlangan sportchilar 21 kunlik karantinsiz ishtirok etishlari mumkinligi haqida xabar berilgandi. Faqat to‘liq emlangan sportchilar Xitoy poytaxtiga kira oladi. Emlanmagan ishtirokchilar Pekinga kelganidan keyin uch haftalik karantindan o‘tishlari kerak bo‘ladi.
Eslatib o‘tamiz, qishki Olimpiya o‘yinlari Pekin shahrida 2022 yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
Avvalroq Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti O‘zbekistonga kelgani va Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi KXDR MOQ jazolagani haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







