33 yoshli futbolchi Nuri Shahin Turkiya klubi bosh murabbiyiga aylandi
U rasman Turkiyaning “Antalyaspor” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.


Klub jamoa bosh murabbiyi Ersun Yanal qo‘l ostida Turkiya Superligasida bor-yo‘g‘i 2 o‘yinda g‘alaba qozonib, 14-o‘ringa tushgach, klub rahbariyati Yanalni isteʼfoga chiqarib, uning o‘rniga jamoa o‘yinchisi Nuri Shaxinni bosh murabbiy etib tayinlagan.
Nuri Shahin o‘tgan yildan buyon “Antalyaspor” sharafini himoya qilib kelmoqda. U bungacha “Verder”, Dortmundning “Borussiya”, “Liverpul”, “Real” va “Feyenoord” klublarida o‘ynagan.
Joriy mavsumda 33 yoshli yarimhimoyachi Turkiya chempionatida 8 ta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushgan edi.
Maʼlumot uchun, “Antalyaspor” so‘nggi turda "Adana Demirspor"ga 1:2 hisobida mag‘lub bo‘ldi, raqib jamoaning g‘alaba goli italiyalik forvard Mario Balotelli nomiga yozilgan.
Jamshidbek Amirov







