Millatlar Ligasi. Ispaniya Italiyaning rekordiga nuqta qo‘ydi
Kecha oqshom Ispaniya va Italiya jamoalari o‘rtasida Yevropa Millatlar Ligasi doirasida 1/2 finalning ilk uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.


Qizg‘in va murosasiz o‘tgan to‘qnashuvda Luis Enrike shogirdlari 2:1 hisobida g‘alabaga qozondi.
Shu tariqa Italiya terma jamoasining 37 o‘yindan buyon mag‘lubiyatsiz seriyasi yakuniga yetdi. Roberto Manchini shogirdlari 35 tadan g‘alabali seriya qayd etgan Braziliya va Ispaniya milliy jamoalarini ortda qoldirib, jahon rekordini o‘rnatdi.
Eslatib o‘tamiz, bugun Millatlar Ligasining ikkinchi yarimfinalidan o‘rin olgan Belgiya va Fransiya termalari bahsi bo‘lib o‘tadi.
Jamshidbek Amirov







