Millatlar ligasi. Fransiya Belgiya bilan o‘yinda superkambek evaziga finalga chiqdi
UEFA Millatlar ligasi ikkinchi yarimfinal juftligida Belgiya Fransiyaga qarshi maydonga tushib, finalga chiqish imkoniyatini qo‘ldan chiqardi.

Karrasko va Lukakuning ajoyib gollaridan keyin belgiyaliklar birinchi bo‘limdayoq ikki to‘p farqi bilan tanaffusga chiqib ketdi — 2:0. 62-daqiqada esa Benzema fransuzlarga umid baxsh etdi. Ko‘p o‘tmay, Grizmannga ishlatilgan qo‘pollikni Mbappe golga aylantirdi — 2:2.
87-daqiqada Lukakuning goli VAR orqali bekor qilingach, 90-daqiqada Teo Ernandes ajoyib zarbasi bilan fransuzlarga final yo‘llanmasini taqdim etdi — 2:3. superkambek!
Shu tariqa, Fransiya Millatlar ligasida ikkinchi finalchiga aylandi. Dide Desham shogirdlari 10-oktabr kuni Milandagi "San Siro" stadionida turnir g‘olibligi uchun Ispaniyaga qarshi maydonga tushadi. Belgiya esa shu kuni Turinda mezbon Italiyaga qarshi 3-o‘rin uchun bahs olib boradi.
Jamshidbek Amirov







