Milliy terma jamoamiz yirik hisobda g‘alaba qozondi
Sloveniyalik mutaxassis Srechko Katanes bosh murabbiyligi ostida ikkinchi uchrashuvini o‘tkazgan terma jamoamiz nihoyat mamlakatimizdagi “millonlar o‘yini” ishqibozlarini chiroyli g‘alaba bilan xushnud etishdi.

O‘zbekiston milliy terma jamoasi biroz oldin Iordaniya poytaxti Amman shahrida navbatdagi o‘rtoqlik o‘yinida Malayziya terma jamoasiga qarshi maydonga tushib, yirik hisobda g‘alaba qozondi.
O‘yinning har ikkala bo‘limini ham 3:1 va 2:0 hisobidagi gollar soni bilan yakunlagan futbolchilarimiz umumiy hisobda O‘zbekiston - Malayziya - 5:1 natija bilan g‘alabani qo‘lga kiritishdi.
O‘yindagi gollarga Dostonbek Hamdamov, Husayn Norchaye, Badrol Baxtiyar, Ibrohimhalil Yo‘ldoshev va Azizbek Amonovlar mualliflik qilishdi.







