Sport

“Nyukasl”ni qo‘lga kiritgan saudiyaliklar “Inter”ni ham sotib olmoqchi

Saudiya Arabistoni hukumati investitsiya fondi (PIF- Public Investment Fund) Italiyaning “Inter” klubini sotib olmoqchi.

“Nyukasl”ni qo‘lga kiritgan saudiyaliklar “Inter”ni ham sotib olmoqchi

 

“PIF” vakillari allaqachon klubni bir milliard yevroga sotishga tayyor bo‘lgan xitoylik Chjan oilasi bilan muzokara olib borgan. Tomonlar keyingi yilda klubni sotish ehtimolini ko‘rib chiqdi. Biroq ayrim sabablar Italiya klubi egalarining bu kelishuvdan bosh tortishiga olib keldi. Xabarlarga ko‘ra, ularning bu qaroriga Yevropada Superliga loyihasining muvaffaqiyatsiz tugagani taʼsir ko‘rsatgan.

 

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan hafta Saudiya Arabistoni hukumati investitsiya fondi Angliyaning “Nyukasl” klubining yangi egasi bo‘lgandi.

 

Avvalroq “Nyukasl” Ikardi va Remzi uchun yangi taklif kiritmagani va Markus Reshford Manchester universiteti tarixida eng yosh faxriy doktorga aylangani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

“Nyukasl”ni qo‘lga kiritgan saudiyaliklar “Inter”ni ham sotib olmoqchi | Zamon.uz