Eng dolzarb

“Safia” shirinliklar uyi asoschisi Prezidentga murojaat bilan chiqdi

Bu haqda Saidkamol Abdurazakov o‘zining Facebookdagi sahifasida eʼlon qildi. Unda shunday deyiladi:

“Safia” shirinliklar uyi asoschisi Prezidentga murojaat bilan chiqdi

“Assalomu alaykum, hurmatli Shavkat Miromonovich! Men “Safiya” oilaviy korxonasi asoschisi Bekzod Samigjanovman. Bu biznesni bobom 1995-yilda teshikkulcha sotishdan boshlagan. 2005-yilda esa onam Madina Ayupova “Выпечка от Мадины” shirinliklar uyini ochgan.

Sizning rahbarligingiz ostida o‘tkazilayotgan islohotlar natijasida tadbirkorlar uchun katta imkoniyatlar yaratilmoqda. Bizning korxona ham so‘nggi besh yilda katta yutuqlarga erishdi. 2016-yilga qadar xodimlarimiz soni 100 nafar va savdo uylarimiz 4 tani tashkil etgan bo‘lsa, keyingi 5 yilda 44 ta yangi savdo nuqtalari ochdik va xodimlarimiz soni 2 mingdan oshdi.

2021-yilning avgustida Prezident va tadbirkorlar o‘rtasida ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi. Unda yuzlab tadbirkorlar, jumladan, biz ham “Eng ko‘p ish o‘rni yaratgan korxona” sifatida taqdirlandik. Siz mening onam, Madina Ayupovani O‘zbekistondagi eng taniqli tadbirkor ayollardan biri sifatida eʼtirof etdingiz. Men bundan ruhlanib, 10 ming yangi ish o‘rni yaratishga qaror qilgandim.

2018-yilda Sizning Yashnobod tumanida tadbirkorlar bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvingizda men ham bor edim. O‘zimning yangi qandolat fabrika loyihamni namoyish qildim va Siz yer ajratish to‘g‘risida topshiriq berdingiz.

Shundan keyin Toshkent shahar hokimi Jahongir Ortiqxo‘jayev vaziyatni nazoratga oldi. 2019-yilning 21-dekabr kuni  Uchtepa tumani Foziltepa ko‘chasidan 8 sotix yer ajratib berildi. Shundan so‘ng, qurilishga ruxsat oldik. Loyihani ishlab chiqishda latviyalik mutaxassislarni jalb qildik.

Biz barcha xalqaro standartlarga javob beradigan zavod qurdik. Hozirda qo‘shni Qozog‘iston, Gruziya, Armaniston va Ozarbayjonda ham o‘z savdo nuqtalarimizni ochmoqchimiz.

Imkoniyatlardan to‘liq foydalanishga harakat qilib, 3 qavatli, umumiy maydoni 15 ming kvadrat metr bo‘lgan zavod qurdik. Zavod qurilgan joyga shaharning turli chekkalaridan uzoq yillar davomida chiqindi olib kelingan. Biz 18 metr qalinlikdagi qurilish chiqindilarini kovlashga majbur bo‘ldik.  Chiqindilarni olib chiqib tashlash uchun 15 ming yuk mashinasi ishlatildi.

2016-yilda Madaniyat vazirligi tomonidan ushbu yer maydoni “Madina-Muxlisa” MCHJga ijara asosida foydalanishga berilgan. 2018-yil 10-mayda Sizning Uchtepa tumaniga qilgan tashrifingizda loyiha asosida tadbirkorlarga samarasiz ishlatilayotgan yerlarni ajratish to‘g‘risida topshiriq berdingiz. Shundan keyin Vazirlar Mahkamasining ushbu yer maydonini Toshkent shahar yer rezerviga olish to‘g‘risida qarori chiqdi. Muddat o‘tganiga qaramay, deyarli ikki yildan so‘ng bizning zavod amalda qurilishi tugallangandan keyin yuqoridagi MCHJ Toshkent shahar hokimligini sudga bergan. 1- va 2 instansiya sudlarida hokimiyat g‘olib bo‘ldi.  Ammo afsuski, 2021-yil 15-sentabr kuni Oliy sud bosqichida bo‘lib o‘tgan jarayonda sud hech qaysi holatga qaramasdan Madaniyat vazirligi foydasiga qaror chiqardi. Sud qaroriga asosan biz endi o‘z hisobimizdan qurilgan zavodni buzishimiz kerak. U 4 ming yangi ish o‘rni yaratishi mumkin.

Bu qanday yuz berganini haligacha tushunolmayapman. Qurilish uchun 40 milliard so‘m sarfladik. Uning katta qismini Islom banki lizingi tashkil etadi. Keyingi oydan zavodni ishga tushirishni rejalashtirgandik. Chunki 2022-yilning yanvaridan boshlab lizing qarzi to‘lanishi boshlanishi kerak. Nima qilishni bilmayman. Bunday holatda lizingni ham, ijarani ham to‘lay olmayman. Bankrot bo‘lishdan o‘zga chora yo‘q. Birgina qaror ortidan 25 yillik mehnatimiz yo‘qqa chiqmoqda. Bizga yordam berishingizni iltimos qilamiz!

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

“Safia” shirinliklar uyi asoschisi Prezidentga murojaat bilan chiqdi | Zamon.uz