Xorijga ketayotgan mehnat migrantlariga qancha kompensatsiya to‘lanishi ochiqlandi
2022 yil 1 sentabrgacha “labor-migration” dasturiy majmuasida ro‘yxatdan o‘tgan, kasb-hunar yoki xorijiy tillarga o‘qigan va tashkillashtirilgan mehnat migratsiyasiga ketayotgan fuqarolar uchun kompesatsiya to‘laydi.

➖ xorijiy tillar yoki kasb bo‘yicha malaka imtihonlarini topshirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun, basharti ular muvaffaqiyatli topshirilganda – BHMning 3 baravarigacha miqdorda (810 ming so‘m);
➖ yo‘l chiptasini xarid qilish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 2 baravarigacha miqdorda (540 ming so‘m);
➖ rivojlangan davlatlarda mehnat faoliyatini amalga oshirishga “ishchi viza”ni rasmiylashtirish bilan bog‘liq xarajatlarini qoplash uchun – BHMning 5 baravarigacha miqdorda (1 million 350 ming so‘mgacha) kompensatsiya to‘lanadi.
Avvalroq, Rossiya O‘zbekistonning 150 ming nafar fuqarosiga mamlakatga kirishga qo‘yilgan taqiqni olib tashlagani va San-Peterburgda 100 nafar o‘zbekistonlik mehnat migranti rus tiliga o‘qitilishi haqida xabar berilgandi. Shuningdek, o‘n ming o‘zbekistonlik yaqin vaqt davomida Rossiyaga ishga jalb qilinishi haqida maʼlumot berilgandi.
Cho'lponoy Ahmedova







