Arteta: “Arsenal” yana-da yaxshiroq darajaga chiqa oladi
Dam olish kunlari Angliya premyer-ligasining navbatdagi tur o‘yinlari bo‘lib o‘tadi.

“Arsenal” klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta bu mavsumda o‘z futbolchilaridan nimani kutishini oshkor qildi:
"Hozirgi holatimizni biroz yaxshilab olishimiz lozim. Ammo hali ko‘plab muammolarni bartaraf etishimiz kerak. Birinchi navbatda bugungi natija va to‘plangan ochkolarimizni ko‘paytirish ustida ishlaymiz. Turnir jadvalida yuqori o‘ringa ko‘tarilishimiz kerak. Barcha futbolchilar terma jamoalar o‘yinlaridan yaxshi holatda qaytdi".
Taʼkidlash joizki, premyer-ligadagi muvaffaqiyatsiz startdan so‘ng, “kanonirlar" so‘nggi o‘yinlarda ketma -ket uchta g‘alabani qo‘lga kiritdi. Mikel Arteta esa oyning eng yaxshi murabbiyi unvoniga sazаvor bo‘ldi.
Jamshidbek Amirov







