Sport

Eldor Shomurodovning "narxi" keskin ko‘tarildi

Transfermarkt futbolchilarning bahosini yangiladi.

Eldor Shomurodovning "narxi" keskin ko‘tarildi

 

Unga ko‘ra, “Roma” va O‘zbekiston terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov narxi 14 million yevro etib belgilandi. Bunga qadar ushbu portal “Roma” hujumchisini 7 million yevroga baholayotgan edi.

 

U bu borada “Roma” tarkibida Kris Smolling (12 mln. yevro), Rui Patritsiu (10 mln. yevro), Stefan El-Shaaravi (7 mln. yevro) kabi o‘yinchilarni ortda qoldirdi. Rimliklar safida eng qimmat o‘yinchilar uchligidan Lorenso Pellegrini (45 mln yevro), Nikola Dzanyola (45 mln yevro) va Temmi Abraham (38 mln yevro) joy oldi.

 

Eslatib o‘tamiz, Shomurodov yozgi transfer oynasida “Jenoa” klubidan “Roma” safiga qo‘shilgan edi. Shomurodov “Roma” klubida Italiya A seriyasida 6 o‘yinda maydonga tushib, 2 ta hammualliflik to‘pini o‘z hisobiga yozdirib qo‘ygan.

 

Avvalroq Eldor Shomurodovda psixologik muammolar bo‘lishi mumkinligi va milliy terma jamoamiz yirik hisobda g‘alaba qozongani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Osiyo o‘yinlarini 5-o‘rinda yakunladi: sportchilar 70 ta medalni qo‘lga kiritdi

Og‘ir atletikachi Akbar Jo‘rayev jahon rekordini yangiladi.

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Ronaldu va Jorje Jezus yarashishi mumkin: futbolchining javobi kutilmoqda

Avvalroq Ronaldu Portugaliya terma jamoasi yig‘inini muddatidan oldin tark etgandi.

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Eldor Shomurodovning "narxi" keskin ko‘tarildi | Zamon.uz