O‘zbekistonda Rossiya metodologiyasi bo‘yicha rus maktablari tashkil qilinishi mumkin
Sergey Lavrov Rossiya bilan ittifoqdosh barcha mamlakatlarda rus maktablarini tashkil qilish haqida aytdi. Uning maʼlum qilishicha, Tojikistonda Rossiya metodologiyasi bo‘yicha beshta rus maktabi tayyorlanmoqda.

Hozirda O‘zbekiston uchun ham shunday dastur tayyorlanyapti. Yaqinda Armanistonning yangi rahbariyati Armaniston uchun ham xuddi shunday dastur ishlab chiqarishga qiziqish bildirgan.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 16 iyul kuni Toshkent shahrida “Markaziy va Janubiy Osiyo: mintaqaviy bog‘liqlik. Tahdidlar va imkoniyatlar” mavzusidagi xalqaro Konferensiya doirasida tashqi siyosat mahkamalari rahbarlarining "Markaziy Osiyo – Rossiya" shaklidagi to‘rtinchi uchrashuvi bo‘lib o‘tgandi. Unda Rossiya Federatsiyasi Tashqi ishlar vaziri Serger Lavrov ham ishtirok etgan.
Avvalroq Sergey Lavrov Markaziy Osiyoda hech kim o‘z hududida AQSH harbiy bazalarini joylashtirmoqchi emasligini aytgandi. Shuningdek, u Afg‘onistondagi vaziyat qo‘shni davlatlarga real xavf tug‘dirayotgani haqida gapirgandi.







