Eng dolzarb

Uch kunlik chaqalog‘ini 9 ming AQSH dollarga sotayotgan ayolga sud hukmi o‘qildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar Mirzo Ulug‘bek tumani sudi tomonidan 3 kunlik chaqalog‘ini 9 ming AQSH dollarga sotgan onaga hukm o‘qildi. U 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

Uch kunlik chaqalog‘ini 9 ming AQSH dollarga sotayotgan ayolga sud hukmi o‘qildi

 

Asli namanganlik Sitora (ism-shariflar o‘zgartirilgan) bu yil 23 yoshga to‘ldi. Hali turmushga chiqmagan. O‘tgan yili Toshkentga ish izlab kelib, ijarada yashay boshlaydi. Hadeganda ish topilavermagach, u ijarachi sheriklariga qo‘shilib, oson yo‘l bilan mo‘may daromad topish ilinjida fohishalik qila boshlaydi.

 

Ota-onasiga “kafeda ishlayapman”, deb yolg‘on gapiradi. Aslida, esa...

 

U kun kelib, notanish kimsalardan homilador bo‘lib qolishni xayoliga ham keltirmagandi. Homilador bo‘lib qolganini bilgan Sitora buni yaqinlaridan yashiradi. Shu bois ota-onasining oldiga ham qaytolmaydi. Uning xayollarini bu muammodan qanday xalos bo‘lish, sharmandalikdan qutulish kabi o‘ylar chulg‘ab oladi. O‘ylay-o‘ylay, oxiri bolasini dunyoga keltirishga qaror qiladi.

 

Kvartiraga kelib-ketib yuradigan qiz-juvonlar orasida Muhayyo ismli ayol Sitoraning joniga ora kiradi. Muhayyo Sitoraning  8 oylik homilasidan xabar topgach, farzandsizligini aytib, tug‘ilajak bolani sotib olishni taklif qiladi.

 

Sitora  dastlab rozi bo‘lmaydi. Chunki tug‘ishgan opasi ham bir necha yildan beri farzandga zor edi. Bolasi tug‘ilgach, uni opasiga berishni niyat qilganini aytadi. Ammo hamxonasi bola uchun 15 000 AQSH dollari taklif qilgandan so‘ng uning fikri o‘zgaradi. Biroq so‘ngi xulosani chaqaloq tug‘ilgach aytishini bildiradi.

 

Joriy yilning 16 avgust kuni u o‘g‘illi bo‘ladi. Uch kundan so‘ng tug‘ruqxonadan ruxsat bo‘lgach, kelishuvga asosan Muhayyoga qo‘ng‘iroq qiladi. Ayol esa ertaga eri Qo‘qondan kelishi, ularda 9 ming AQSH dollari borligini, hozircha shu pulni berishga qurbi yetishini aytadi. U rozi bo‘ladi.

 

Kelishuv bo‘yicha ertasi kuni soat 18:00 da Sitora kelishilgan joyda  9000 AQSH dollarini mashina ichida olayotgan vaqtida huquqni muhofaza qiluvchi idora xodimlari tomonidan qo‘lga olinadi.

 

Sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan aybdor deb topilib, 6 yilga ozodlikdan mahrum etildi.

 

Avvalroq Navoiy viloyati hududida farzandini 50 million so‘mga sotmoqchi bo‘lgan ota-ona qo‘lga olingani haqida xabar bergan edik. 

 

 

Bahrom Berdiyev,

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tumani sudi sudyasi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

Uch kunlik chaqalog‘ini 9 ming AQSH dollarga sotayotgan ayolga sud hukmi o‘qildi | Zamon.uz