Yurgen Klopp: “Nyukasl” jahon futbolida super kuchga aylanadi”
“Liverpul” klubi bosh murabbiyi Yurgen Klopp Nyukasl Yunaytedda bo‘ladigan o‘zgarishlar haqida fikr bildirdi:

“Ushbu jamoa haqida gapiradigan bo‘lsak, maʼlum muddatda “Nyukasl” klubi super kuchga aylanadi. Bilishimcha, bu jahon futbolida eng qimmat uchta klubdan biri. Jamoa rahbariyati oldida katta imkoniyatlar ochilmoqda. Keyingi 20-30 yil davomida “Nyukasl” jahon futbolida yetakchi o‘rinni egallaydi. Pulni noto‘g‘ri ishlatish holati bo‘lishi mumkin, biroq klub tarkibi yaxshi futbolchilardan iborat bo‘ladi”.
Eslatib o‘tamiz, yaqinda Saudiya Arabistoni hukumatining investitsiya fondi “Nyukasl” klubining yangi egasiga aylangandi. U klub aksiyalarining qariyb 80 foizini sotib oldi. Avval “Nyukasl” ning egasi milliarder Mayk Eshli edi.
Avvalroq, “Bavariya” himoyachisi Lukas Ernandes qamoq jazosiga hukm qilingani va “Nyukasl” Ikardi hamda Remzi uchun yangi taklif kiritmagni haqida xabar berilgandi.
Jamshidbek Amirov







