Aholi gazdan yarim trillion qarzdormi?
Zamonaviy elektron gaz hisoblash uskunasi hali o‘rnatilmagan 1,5 mln isteʼmolchilar mavjud bo‘lib, sarflangan gaz uchun eski namunadagi gaz hisoblagichlarining ko‘rsatkichlari bo‘yicha to‘lov qilishni davom ettirmoqda. Bu haqda "Hududgaztaʼminot" AJ xabar berdi.

Ammo bu isteʼmolchilarda yangi hisobdonlar o‘rnatilgunga qadar o‘z xonadonlaridan chiqmay turib isteʼmol qilingan yoqilg‘iga to‘lov qilish uchun maxsus “Telegram-bot” ham yaratilgan.
Qayd etilishicha, gaz taʼminoti filiallari va bo‘limlari tomonidan doimiy ravishda berilayotgan bildirishlar va shartnomaviy majburiyatlarga qaramasdan, ayrim isteʼmolchilar yetkazib berilgan tabiiy gaz uchun har oyning 10 sanasiga qadar to‘lovlarni amalga oshirmayapti.
"Hududgaztaʼminot" AJning maʼlum qilishicha, aholinig tabiiy gazdan yarim trillion qarzdor.
Maʼlumot uchun, bugungi kunga kelib 1,2 milliondan ortiq isteʼmolchining tabiiy gaz uchun 501,6 milliard so‘m miqdordagi debitorlik qarzdorligi mavjud.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq strategik tashkilotlarga gaz uchun oshirilgan koyeffitsent bekor qilingani haqida xabar berilgandi.
Cho‘lponoy Ahmedova







