Eng dolzarb

O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 14 pog‘onaga yuqoriladi

Qayd etilishicha,  indeks tadqiqotlari 138 mingta uy xo‘jaligi va 4 mingdan ortiq huquqshunos va mutaxassislar o‘rtasida so‘rovlar o‘tkazgan holda amalga oshirilgan.

O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 14 pog‘onaga yuqoriladi

 

Joriy yilning 14-oktabr kuni Jahon odil sudlov loyihasi tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan huquq ustuvorligi indeksining 2021 yilgi nashrida O‘zbekiston 14 pog‘ona yuqoriladi va umumiy reytingda 85-o‘rinni egalladi. 

 

Maʼlum bo‘lishicha, nashrda O‘zbekiston uchun berilgan baholar 4,1 foizga ko‘tarilgan. U eng yaxshi natija ko‘rsatgan 3 ta davlatdan biriga aylandi.

 

Maʼlumot o‘rnida, tadqiqotlarda 139 ta mamlakatdagi huquq ustuvorligi darajasi baholangan.

 

Shuningdek, nashr sahifalarida Kongo Respublikasi, Gaiti, Irlandiya, Latviya, Litva, Lyuksemburg, Malta, Paragvay, Slovakiya Respublikasi va Sudan kabi yangi mamlakatlar qo‘shilgan.

 

Maʼlumot uchun,   tadqiqotlarda 139 ta mamlakatdagi huquq ustuvorligi darajasi baholangan. Ushbu indeks jahon miqyosida faqatgina huquq ustuvorligining ahvolini baholashga ixtisoslashgan yagona xalqaro reyting hisoblanadi. 

 

Avvalroq  O‘zbekiston pasporti dunyo mamlakatlari pasportlari reytingida 91 o‘rinni egallagani va O‘zbekiston armiyasi jahon reytingida 140 ta davlat orasida 51 – o‘rinda turishi haqida xabar berilgan edi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

O‘zbekiston Huquq ustuvorligi indeksida 14 pog‘onaga yuqoriladi | Zamon.uz