APL. “Chelsi” osonlikcha g‘alabaga erishmadi
APL 8-turi doirasidagi shanba kunning so‘nggi o‘yinida “Chelsi” safarda turnir debyutanti «Brentford»ga qarshi maydonga tushdi.

Chiluell tomonidan 45-daqiqada kiritilgan gol “Chelsi”ga birinchi bo‘lim ustunligini berdi.
Ikkinchi bo‘limda “Brentford” bir qator golli vaziyatlarga ega bo‘ldi, biroq yaqqol golli vaziyatlarda ham “Chelsi” posboni Mendi jamoasini qutqarib qoldi va klubining 3 ochko olishini taʼminladi.
Natijada, “Chelsi” 19 ochko bilan 1-o‘ringa qaytgan bo‘lsa, “Brentford” 12 ochko bilan 7-o‘rinda qoldi.
Jamshidbek Amirov







