Ta'lim

Maktablarda inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi belgilandi

“Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim berish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarni tasdiqlash to‘g‘risida”gi Hukumat qarori qabul qilindi.

Maktablarda inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi belgilandi

 

Qaror bilan, jumladan, Umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlarida inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.  

 

Nizomga ko‘ra, o‘quvchilarning bino ichida harakatlanishi va ta’lim olishlari uchun maxsus sharoitlar yaratilgan maktablarda inklyuziv va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflar tashkil etiladi.

 

Bunda o‘quvchilar birinchi sinfga 7 yoshga to‘ladigan yilda qabul qilinadi.

 

Shuningdek, maktablar uchun belgilangan yosh me’yoridan ikki yilga oshgan bolalarni qabul qilishga ruxsat etiladi.

 

O‘quvchilarni mazkur sinflarga qabul qilish hududiy xalq ta’limi boshqarmasi huzurida tashkil etilgan Psixologik-tibbiy-pedagogik komissiya xulosasiga ko‘ra, ota-onalar yoki ularning o‘rnini bosuvchi shaxslar roziligi bilan amalga oshiriladi.

 

Inklyuziv ta’lim sinflarida jami o‘quvchilar soni 30 nafardan oshmasligi kerak.

 

Inklyuziv va boshlang‘ich tayanch korreksion sinflarga faqat bir xil tibbiy tashxisdagi o‘quvchilar qabul qilinadi. 

 

Qarorga ko‘ra, inklyuziv ta’lim sinflari o‘qituvchilariga mehnatning alohida sharoitlari uchun har oyda to‘lanadigan ustama haqi quyidagicha:

 

➖ sinfda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bir nafar bola uchun – lavozim maoshining 10 foizi;

➖ 2 nafar bola uchun – lavozim maoshining 20 foizi;

➖ 3 nafar bola uchun – lavozim maoshining 30 foizi;

➖ ikki va undan ortiq inklyuziv ta’lim sinflarida 4 nafar va undan ortiq bola uchun ta’lim-tarbiya ishlarini olib borgan o‘qituvchilarga va maxsus pedagoglarga – lavozim maoshining 30 foizi miqdorida.

 

Maftuna Rejabboyeva tayyorladi

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fan yagona boshqaruv tizimida: yangi model nimalarni o‘zgartiradi?

Ta’lim va ilm-fanni boshqarish bo‘yicha yangi islohotlar xalqaro tajribaga asoslanmoqda.

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Ta’lim sohasidagi bugungi yangilanishlarning asosiy mazmun-mohiyati nimada?

Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov ta’lim tizimidagi yangi islohotlar mazmunini tushuntirdi.

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ta’lim tizimida katta islohot: ikki vazirlik yagona Ta’lim va ilm-fan vazirligi sifatida qayta tashkil etildi

Ushbu islohot orqali ta’limning barcha turlari o‘rtasidagi o‘zaro uzviylik va bardavomlikni ta’minlash ko‘zda tutilgan.

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Milliy sertifikatdagi ball berish tizimi qayta ko‘rib chiqiladi

Bunga sertifikat orqali OTMga hujjat topshirayotgan abituriyentlar sonining yildan-yilga oshib borayotgani sabab bo‘lmoqda.

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

Abituriyentlarga oltinchi ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati bu yildan joriy etiladimi?

56,7 balldan kam ball to‘plagan abituriyentlar soni ham ma’lum qilindi.

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

OTMlarga kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi

Abituriyentlar o‘z natijalarini to‘rt xil usulda bilishi mumkin.

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

5 yillik ish stajiga ega fuqarolarga oliygohga tavsiyanoma beruvchi tashkilotlar ro‘yxati tasdiqlandi

Tasdiqlangan ro‘yxatdan jami 87 ta vazirlik, idora, davlat organi, agentlik, uyushma va yirik korxonalar o‘rin olgan.

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

“Kelajak uchun xorijiy til” loyihasi doirasida 10 mingdan ortiq o‘quvchi milliy sertifikat oldi

40 mingga yaqin 11-sinf o‘quvchisining xorijiy til bo‘yicha bilim va ko‘nikmalari oshirildi.

Maktablarda inklyuziv ta’limni tashkil etish tartibi belgilandi | Zamon.uz