Sport

Sambochilarimiz jahon chempionatida 17 ta medalni qo‘lga kiritdi

15-17-oktabr kunlari Gresiyaning Saloniki shahrida sambo bo‘yicha yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tdi.

Sambochilarimiz jahon chempionatida 17 ta medalni qo‘lga kiritdi

 

Quvonarlisi, musobaqa yakuniga ko‘ra, yurtdoshlarimiz 6 ta oltin, 3 ta kumush va 8 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, umumjamoa hisobida ikkinchi o‘rinni egalladi.

Terma jamoamiz safida quyidagi sportchilarimiz sovrindor bo‘ldi: 

Yoshlar o‘rtasida oltin bilan: 

-64 kg: Shahriyor Mamatqulov

-71 kg: Musoxon Ziyadinov

-50 kg: Sabina Davlatova

Kumush:

-58 kg: Azam Rashidov 

-59 kg: Azada Aymuratova 

Bronza: 

-98 kg: Murod Erkinov 

+98 kg: Dilrux Asliddinov

-54 kg: Gulchiroy Ismoilova

-72 kg: Begoyim Hayitova 

O‘smirlar o‘rtasida oltin bilan: 

-53 kg: Egambergan Iskandarov 

-79 kg: Shaxzodxo‘ja Sharipov 

-50 kg: Gulhayo Jo‘rayeva 

Kumush:

-47 kg: Ezoza Abdumo‘minova

Bronza:

-64 kg: Bexruz Omonov 

-88 kg: Mirjalol Normo‘minov 

-54 kg: Shahzoda Azatova

-65 kg: Gulina Oblaqulova

 

Jamshid Amirov tayyorladi

Sambochilarimiz jahon chempionatida 17 ta medalni qo‘lga kiritdi | Zamon.uz