Eng dolzarb

15 sutkaga qamalgan bloger faoliyatini nega to‘xtatdi?

YouTube tarmog‘ida Bobur G‘aniyev ismi bilan tanilgan avtobloger o‘z faoliyatini yakunlaganini eʼlon qildi. U rolikdagi so‘zlarini quyidagicha boshladi:

15 sutkaga qamalgan bloger faoliyatini nega to‘xtatdi?

 

— Bugun 2021-yil 17-oktabr. Hammalaringizga eslatib o‘taman, yurtdoshlar. Mening maqsadim qonuniylikni targ‘ib qilish edi. Lekin, afsuski, bittasi aytgan ekan. “Hamma qonuniy narsa adolatli emas, hamma adolatli narsa qonuniy emas”.

 

Joriy yilning 30-sentabr kuni soat 22:30 atrofida Uchtepa tumanida o‘tkazilgan reydda YPX xodimlari tomonidan “Epica” avtomobili to‘xtatilib, tekshirilganda mashinada yo‘lovchi sifatida kelayotgan G‘aniyev holatni videoga olib, YPX xodimlarini “ment” deya haqorat qilgani aytiladi. Shuningdek, uning YPX xodimlariga bo‘ysunmagani ham taʼkidlangan. Shundan so‘ng haydovchi va avtobloger tuman IIO FMB ga olib ketilgan edi.

 

Jinoyat ishlari bo‘yicha Uchtepa tuman sudi Bobur G‘aniyev va uning sheriklari — Abrorbek Qo‘ziboyev (“Epica” haydovchisi), Obid Salimov (yo‘lovchi)ga nisbatan hukm o‘qigan.

 

Unga ko‘ra, YPX inspektorlarini “ment” deya haqoratlagani uchun Bobur G‘aniyev MJtKning 41-moddasi bilan aybli deb topilgan hamda BHMning 20 baravari miqdorida jarimaga tortilgan. Bundan tashqari unga MJtKning 194-moddasi bilan BHMning 1 baravari miqdorida jarima va MJtKning 195-moddasi bilan 15 sutka qamoq jazosi tayinlandi.

 

Uning sheriklari ham jarima va 15 sutkaga maʼmuriy qamoq jazosini olgan.

 

17-oktyabrga o‘tar kechasi avtobloger ozodlikka chiqdi. Vaziyatni kuzatib borayotganlar uning yana faoliyatini davom ettirishiga umid qilgan edi. Biroq Bobur G‘aniyev boshqacha qarorda ekanligini ertasi kuni o‘z muxlislariga qilgan videomurojaatida aytib o‘tdi. Shuningdek, Bloger hovlisida o‘sha muddat oralig‘ida kiygan kiyimlarini yoqib yubordi.

 

— Eski xotiralar, negativ xotiralarni yo‘q qilish maqsadida 30-sentabrdan 17-oktabrgacha ustimda bo‘lgan kiyimlarni yoqib yubordim, – deydi G‘aniyev.

 

Shundan so‘ng u oxirgi qarorini ham izohlab o‘tgan:

“Hurmatli yurtdoshlar men bir biznes boshladim. Shuning uchun Youtubedagi ishimni yuritishga vaqtim bo‘lmaydi. Meni to‘g‘ri tushunasizlar degan umiddaman”.

 

Lekin ko‘pchilikda "nega u blogerlikni tashladi, uni kim bunga majbur qildi?", — degan savollar ham paydo bo‘layotgani sir emas. Chunki uning hatti-harakatlari va gap-so‘zlaridan buni anglash qiyin emas...

 

Bundan avval avtobloger ozodlikka chiqqani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Hindistonga ta’ziya yo‘lladi

Hindistonning Uttar-Pradesh shtatida bo‘ron oqibatida kamida 111 kishi halok bo‘lib, 72 kishi jarohat olgan.

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

15 sutkaga qamalgan bloger faoliyatini nega to‘xtatdi? | Zamon.uz