Sport

Qishki Olimpiya o‘yinlari mashʼalasi yoqildi

Bugun Gretsiyaning qadimiy Olimpiya shaharchasida “Pekin-2022” qishki Olimpiya o‘yinlari mashʼalasi yoqildi.

Qishki Olimpiya o‘yinlari mashʼalasi yoqildi

 

Ushbu tadbirda Gretsiya Prezidenti Katerina Sakellaropulu, Xalqaro Olimpiya Qo‘mitasi Prezidenti Tomas Bax, Gretsiya Milliy Olimpiya qo‘mitasi rahbariyati va jahon sportining taniqli vakillari ishtirok etdi.

 

Pandemiya sabab mazkur marosim muxlislarsiz o‘tkazildi. Gretsiya MOQning maʼlum qilishicha, mashʼala estafetasini tog‘ chang‘isi bo‘yicha taniqli grek sportchisi Ioannis Antoniu boshlab beradi. Shundan so‘ng qadimiy Panatinaikos stadionida mashʼalani bo‘lajak Olimpiada mezboni – Pekin shahri mutasaddilari va musobaqa tashkiliy qo‘mitasi vakillari qabul qilib oladi.

 

Maʼlumotga ko‘ra, ushbu tadbirga ham tomoshabinlar kirishi man etiladi. Tomas Bax boshchiligida o‘tadigan marosimga akkreditatsiyadan o‘tgan 200 nafar shaxs kira oladi. Mashʼala 19-oktabr kuni Pekinga olib ketiladi.

 

Eslatib o‘tamiz, qishki Olimpiya o‘yinlari 2022-yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.

 

Avvalroq Rossiya vaksinalari bilan emlangan sportchilarga ham qishki Olimpiyadada ishtirok etishga ruxsat berilgani va Xalqaro Paralimpiya qo‘mitasi prezidenti O‘zbekistonga kelgani haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

custom img

O‘zbekiston Suriyani yirik hisobda mag‘lub etdi

O‘zbekiston terma jamoasi navbatdagi uchrashuvini  Janubiy Koreyaga qarshi o‘tkazadi.

custom img

Murabbiy bilan mojaro: Ronaldu Portugaliya terma jamoasi mashg‘ulotini tark etdi

Voqea murabbiy matbuot anjumanida Ronaldu bilan o‘rtasida hech qanday mojaro yo‘qligini aytganidan keyin yuz bergan.

custom img

Osiyo oʻyinlari: O‘zbekiston U-23 terma jamoasi Yaponiya bilan o‘yinda penaltilar seriyasida yutqazdi

Endi O‘zbekiston bronza medali uchun Xitoyga qarshi bahs olib boradi.

custom img

«Chelsi» Abduqodir Husanovning transferini ko‘rib chiqmoqda — manba

Husanovga Angliya Premyer-ligasining yana uchta klubi ham qiziqish bildirayotgani aytilmoqda.

custom img

O‘zbekiston Eronni mag‘lub etdi: Shomurodov dubl qayd etdi

Husayn Norchayev esa uchrashuv oxirida hisobni 3:1 ko‘rinishiga keltirdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi bir kunda 15 ta medal oldi

O‘zbekistonlik sportchilar Osiyo o‘yinlarining navbatdagi kunida eshkak eshish, kanoe va baydarka, o‘q otish, qilichbozlik hamda sport gimnastikasi bahslarida jami 15 ta medalni qo‘lga kiritdi.

custom img

Aichi-Nagoya-2026: O‘zbekiston delegatsiyasi yana uchta medalni qo‘lga kiritdi

O‘zbekistonlik sportchilar Aichi-Nagoya-2026 Osiyo o‘yinlarining navbatdagi bahslarida aralash jang sanʼati va ushu yo‘nalishlarida uchta kumush medalga sazovor bo‘ldi.

custom img

Osiyo o‘yinlari: O‘zbekiston U-23 jamoasi chorak final yo‘llanmasini naqd qildi

Ravshan Haydarov shogirdlari muddatidan avval guruhdan chiqish vazifasini uddaladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"