Endilikda 3-kurs talabalari ham maktablarda dars berishlari mumkin
Maʼlumki, talabalar orasida ham o‘qib, ham ishlab, o‘zini o‘zi mablag‘ bilan taʼminlaydigan, joiz bo‘lsa, oila aʼzolariga ham pul berib turadiganlar yo‘q emas.


Vazirlar Mahkamasining 2005 yil 21 dekabrdagi 275-qarori bilan "Xalq taʼlimi xodimlari mehnatiga haq to‘lash to‘g‘risida"gi nizomning 7-bandiga ko‘ra, oliy yoki o‘rta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega bo‘lmagan shaxslarni umumtaʼlim muassasalariga pedagog lavozimiga qabul qilishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Mazkur nizomning 8-bandida "oliy taʼlim muassasasining 4-kursida o‘qiyotgan shaxslar pedagoglik ishini amalga oshirishi mumkin va ularga o‘rta maxsus, kasbiy maʼlumotga ega bo‘lgan tegishli lavozimdagi xodimning bazaviy tarif stavkasi singari bazaviy tarif stavkasi belgilanadi", deyilgan.
Maʼlumot uchun: ushbu qoida kunduzgi taʼlim shaklida tahsil olayotganlar uchun ham, sirtqi taʼlimda tahsil olayotganlar uchun ham birday amal qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining joriy yil 15-oktabrdagi "Taʼlim darajasi yuqori bo‘lmagan maktablarga malakali o‘qituvchi-pedagoglarni jalb qilish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi qaroriga binoan, pedagogika yo‘nalishlarida kunduzgi, kechki, sirtqi bo‘limlarning 3-kursida tahsil olayotgan talabalarga maktablarda dars berish huquqi berildi.
Taʼlim sifatini nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati xabariga ko‘ra, avvalgi tartibga binoan talabalar 4-kursdan boshlab, maktablarda dars berishlari lozim edi. Mutaxassis toifasidagi pedagoglar 1,5 yilda oliy toifaga erishishlari mumkin.
Nizomning 4-bandida: "Ilgari attestatsiyadan o‘tmagan, ishga yangi qabul qilingan pedagog kadrlar yoki oliy taʼlim tashkilotlarini bitirib birinchi bor ishga kirgan pedagog kadrlar kasbiy faoliyatiga uch yil to‘lgandan so‘ng navbatdagi majburiy attestatsiyadan o‘tkazilishi"
Nizomning 6-bandida: "pedagogik faoliyat bo‘yicha uch yildan kam bo‘lgan ish stajiga ega pedagog kadrlar navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmasligi";
Nizomning 7-bandida: "Navbatdagi majburiy attestatsiyaga jalb etilmaydigan pedagog kadrlar o‘z xohishiga ko‘ra navbatdan tashqari attestatsiyadan o‘tishlari mumkin"ligi belgilab qo‘yilgan.
Ushbu attestatsiyalarda past natija qayd etgan taqdirda ham sizga nisbatan salbiy qaror qabul qilinmaydi.
Mazkur qaror bilan yana bir qator yangiliklar joriy etilgan bo‘lib, ular haqida Taʼlim inspeksiyasining telegram kanali orqali xabar berib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Mehnat kodeksining 78-moddasiga ko‘ra, ishga qabul qilish rad etilgan taqdirda, ish so‘rab murojaat qilgan shaxsning talabi bilan ish beruvchi ishga qabul qilishni rad etishning sababini asoslab uch kun muddat ichida yozma javob berishi shart. Bu javob ishga qabul qilish huquqiga ega bo‘lgan mansabdor shaxs tomonidan imzolangan bo‘lishi lozim.
Agar ish beruvchi sizni asossiz ravishda ishga olmagan yoki ish o‘rinlarini yashirgan bo‘lsa, maʼmuriy, hattoki jinoiy javobgarlikkacha tortiladi.
Avvalroq O‘zbekistonda talabalarning necha foizi qizlar ekani ochiqlangani, o‘qituvchilarga attestatsiyadan o‘tganlik to‘g‘risidagi sertifikat elektron shaklda berilishi hamda OTMlar huzurida 24 ta texnikum tashkil etilishi haqida xabar berilgandi.







