Sport

Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi saralash o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi

U-23 Osiyo kubogi saralash bosqichining “D” guruhidan o‘rin olgan o‘yinlar O‘zbekiston maydonlarida bo‘lib o‘tadi.

Futbol bo‘yicha U-23 Osiyo kubogi saralash o‘yinlari Toshkentda o‘tkaziladi

 

Ayrim sabablarga ko‘ra, Quvayt mazkur bosqich uchrashuvlariga mezbonlik qila olmasligi maʼlum bo‘ldi. Shu sababli OFK saralash o‘yinlari mamlakatimizda o‘tkazilishini tasdiqladi.

 

Maʼlumot o‘rnida: “D” guruhidan O‘zbekiston, Saudiya Arabistoni, Bangladesh va Kuvayt terma jamoalari joy olgan. Uchrashuvlar joriy yilning 27-oktabridan 2-noyabriga qadar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

 

Musobaqaning final bosqichi ham yurtimizda bo‘lib o‘tadi. Shu sababli vakillarimizning saralash bahslaridagi ishtiroki tayyorgarlik vazifasini o‘taydi.

 

Jamshidbek Amirov